Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida xitoy ayollariga uylangan uyg’urlarga mukofot puli taklif etilmoqda. Mahalliy matbuotda chiqqan xabarga ko’ra, hukumat bu bilan mintaqada milliy hamjihatlikni targ’ib etmoqchi.
O’lkaning tub aholisi bo'lgan uyg’urlar so’nggi yillarda Sharqiy Turkistonga ko’plab xitoylarning ko’chib kelganidan va ichki siyosatda ularning mahalliy xalqdan ustun qo’yilayotganidan nolib keladi.
Maqolada aytilishicha, aralash oilalarga besh yil davomida har yili 1600 dollar atrofida pul berib turiladi. Bundan tashqari tibbiyot, uy-joy, ta’lim, sog’liqni saqlash, ishga kirish masalalarida imtiyozlar taklif etiladi.
Uyg’urlar hukumat ularning dini, madaniyati, turmush tarzini kemirayotganlikda ayblab keladi.