Breaking News

Donald Tramp Britaniyaga qadam bosmasin degan talablar yangramoqda


Donald Tramp tarafdorlari oldida, Massachussetts shtati
Donald Tramp tarafdorlari oldida, Massachussetts shtati

Britaniya parlamenti AQShda prezidentlikka nomzod, respublikachi Donald Trampni mamlakatga kiritmaslik haqida 500 mingdan ziyod odam imzolagan talabni ko’rib chiqadi.

Milliarder Tramp Amerikaga musulmonlarni kiritmaslik kerak, degan bayonoti uchun shunday qarshilikka uchramoqda.

Bunday talabni u 2-dekabr kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida musulmon er-xotin terror xuruji qilganidan keyin ilgari surdi. Voqeada 14 kishi halok bo'ldi.

Britaniya Donald Trampni mamlakatga kiritmay qo'yadimi? Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00


Britaniya parlamenti masalani 18-yanvarda muhokama qiladi.

Petitsiyalar qo’mitasi raisi Helen Jons deydiki, hozircha biror aniq munosabat bildirish qiyin.

Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, zo’ravonlik, nafrat va adovat urug’ini sochishda gumon qilingan odamlarning Britaniyaga kiritilmagan hollari bo'lgan.

Musulmonlarga qarshi bayonotlar bergan amerikaliklar Pamela Geller va Robert Spenser, masalan, qirollikka kirishi taqiqlangan shaxslardir. Ayni vaqtda "qo’ra ro’yxat"da ekstremist fikrlari bilan tanilgan musulmon ulamolar ham bor. Chunki Ichki ishlar vazirligi nazarida, ularning qarashlari jamiyatda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Tramp Amerika jamiyatini ikkiga ajratib qo’yadi, deya respublikachi nomzodning gaplarini qoralagan.

Trampni mamlakatga kiritmaslik harakatiga uni anchadan beri tanqid qilib kelayotgan Syuzan Kelli boshchilik qilmoqda.

“Buyuk Britaniya adovat urug’ini sochadigan ko’plab shaxslarga mamlakatga kirishni man etgan. Bunday yondashuv hamma uchun bir bo’lsin – boy va kambag’al, zaif va qudratli,” – deydi u.

Britaniya hukumati 10 mingdan ziyod imzo chekilgan petitsiyaga javob berishi kerak. Agar imzolaganlar soni 100 mingdan oshsa, masala parlamentda muhokama qilinadi.

Ayni vaqtda 40 ming odam Trampning yonini olib, alohida petitsiya yo’lladi. Bu ariza ham ko’rib chiqiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG