Breaking News

Rossiya Ukraina sharqida gumanitar yo’lak ochishni so’radi


Ukrainada armiya Rossiya bilan chegaradosh viloyatlarda bo’lginchilar bilan olishayapti. Bugun Luganskda ayirmachilar chegarachilarga hujum qilgani aytiladi.
Ukrainada armiya Rossiya bilan chegaradosh viloyatlarda bo’lginchilar bilan olishayapti. Bugun Luganskda ayirmachilar chegarachilarga hujum qilgani aytiladi.

Kreml insonparvarlik yo’lagi yaratish iltimosi bilan BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilmoqda, deydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, uning davlati Ukraina sharqida insonparvarlik yo’lagi yaratish iltimosi bilan BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilmoqchi.

Bu haqdagi rezolyutsiya mintaqada zo’ravonlikni tugatishga da’vat etadi, deydi Lavrov. Rossiya tashqi ishlar vaziri sharqiy oblastlarda ahvol og’irlashib borayotgani haqida ogohlantirmoqda.

“G’arbdagi hamkasblarning ishontirishicha, Ukrainada prezident saylovlari o’tgani zahoti vaziyat yaxshilanishi kerak edi. Lekin bugun buning aksini ko’rayapmiz”, - dedi Sergey Lavrov jurnalistlar bilan uchrashar ekan.

Ukrainada armiya Rossiya bilan chegaradosh viloyatlarda bo’lginchilar bilan olishayapti. Bugun Luganskda ayirmachilar chegarachilarga hujum qilgani aytiladi.

Shuningdek, bugun Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Ukrainaga gaz ta’minotini o’chirib qo’yishi kutilgan edi.

Biroq “Gazprom” Yevropaning qator davlatlariga ham ta’sir qilishi kutilgan bu qarorni kechiktirgan.

Ukraina gaz uchun 786 million dollar to’lab, qarzini qisman qopladi va mahsulot yana bir hafta uzatilishini ta’minladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG