Rossiyaning eng yirik biznes hamkorlaridan Germaniya va Fransiya agar Ukrainada prezident saylovlari 25-may kuni rejadagidek o’tmasa, Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kuchaytiriladi deya ogohlantirmoqda.
Bugun har ikki davlat rahbarlari birgalikda bayonot berdi. Agar Rossiya qo’shni davlatda saylov o’tkazilishiga to’sqinlik qilsa, jazolanadi, deydi Fransiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya kansleri Angela Merkel.
Ukrainaning sharqiy qismida, xususan Donetsk va Luganskda, bo’lginchi kuchlarning referendum o’tkazib, bu davlatdan chiqmoqchi bo’layotgani ham noqonuniy harakat, deydi Yevropa rahbarlari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin referendumni hozir o’tkazmaslikka chaqirgan lekin separatistlar bu ahdidan qaytmoqchi emas.
Bugun Donetskda insonparvarlik yordami ko’rsatuvchi Qizil Xoch tashkilotining xodimlari ozod etilgan. Bo’lginchi guruhlar ularni kecha garovga olgan edi. Bu odamlar “josuslar” deya da’vo qiladi rusparast jangarilar.
Kecha Mariuopolda Ukraina askarlari separatistlar nazoratidagi militsiya idorasiga bostirib kirgan. Yetti kishi o’lgan, idora vayron qilingan.
Ukraina sharqida omma orasida olib borilgan so’rovlar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, aholining 70 foizi ajralib chiqishni istamaydi.