Breaking News

Ukraina Xalqaro valyuta jamg'armasidan yordam so'rayapti


Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Vashingtonda, Xalqaro valyuta jamg'armasini uning davlatiga yordamni tezroq uzatishga undayapti.
Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Vashingtonda, Xalqaro valyuta jamg'armasini uning davlatiga yordamni tezroq uzatishga undayapti.

AQSh Moliya vaziri Jek Lyu Ukraina rahbariyatini o'z xarajatlarini qisqartirishga, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga undayapti. Uning aytishicha, Xalqaro valyuta jamg'armasidan madad olish uchun davlat astoydil harakat qilishi kerak bo'ladi.

Lyu seshanba kuni Vashingtonda Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk va Moliya vaziri Natali Yareskoni qabul qildi. Ikki arbob Vashingtonga kelib, Xalqaro valyuta jamg'armasidan 17 yarim milliard dollar yordamni tezroq uzatishni so'rayapati. Ukrainaning oqsayotgan iqtisodiyoti uchun bu nihoyatda muhim.

Jamg'armaning talabi shuki, qarz olayotgan davlat o'z sarfiyatlarini keskin qisqartirishi kerak.

Yatsenyukning kecha aytishicha, hukumat byudjetdagi yoriqlarni yopish uchun barcha choralarni ko'rdi, xususan, ijtimoiy sarfiyatlar muzlatildi, yordam dasturlari kesildi. Ukraina erkin davlat sifatida oyoqqa turishi uchun moliyaviy yordam o'ta zarur, deydi bosh vazir.

Ukraina sharqida Rossiya qo'llab-quvvatlovini olgan isyonchilar bilan kechayotgan olishuvlar mamlakatni bankrotlik yoqasiga olib keldi.

Vashington kelasi oy Ukraina-Amerika sarmoya anjumaniga mezbonlik qilib, Ukraina uchun kerakli moliya to'plashga harakat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG