Breaking News

Ukrainada xalqaro tergovchilar ishga kirishdi


Bir necha o’n kishidan iborat xalqaro kuzatuvchilar Ukraina sharqida Malayziya yo’lovchi samolyoti qulagan joyda tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Niderlandiya va Avstraliya ekspertlari, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti mutaxassislari jinoyat ro’y bergan joy deya to’silgan hududda ishlayapti.

Mutaxassislarning asosiy vazifasi hamon daragi yo’q o’nlab jasadlarni izlab topish; samolyot urib tushirilganida o’lgan 298 kishiga qarashli buyumlarni bir joyga to’plash. Tergovchilar bir necha kundan beri janglar sababli hududga yaqinlasha olmayotgan edi.

Bugun ertalab esa Ukrainaning Shaxtyorsk shahrida, samolyot qulagan yer yaqinida bo’lginchilar bilan olishuvda 10 askar halok bo’lgan. Kiyevdan rasmiylarning aytishicha, to’qnashuvda yana 13 harbiy jarohatlanib, 11 nafari bedarak ketgan.

Ukraina va G’arb hukumatlari Boing 777 ning urib tushirilishida bo’lginchilarni ayblaydi. Amerikalik tahlilchilar nazarida laynerni separatist kuchlar Rossiyada ishlangan qurol yordamida urgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG