Rossiya Qrimni o’z tarkibiga qo’shib olishni rasmiylashtirganidan so’ng yarim oroldagi harbiy bazalarni ham kuch bilan tortib olayapti. Shu paytgacha Ukraina armiyasi ham, G’arb davlatlari ham hech narsa qila olgani yo’q.
Rossiya qurolli kuchlari va ularning tarafdorlari kecha Qrimdagi ikki harbiy bazaga zirxlangan mashinalar bilan bostirib kirdi. Jurnalistlarga voqea joyiga yaqinlashmaslik buyurilgan, kameralari musodara qilingan.
To’polonlar boshlanganidan buyon garnizonlarini tark etmagan ukrain zobitlari bosqinga qarshilik ko’rsata olmadi.
Sal avval Sevastopoldagi dengiz kuchlari qarorgohi ham shu tariqa Rossiya nazoratiga o’tgan edi. Ukrainalik qo’mondon hibsda, uning idorasi devorlaridan mamlakat gerbi olib tashlangan.
Kiyevga safar qilgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Volter Shtaynmayer deydiki, Rossiya Yevropani yana g’arb va sharqqa bo’lib tashlash harakatida.
“Uzoq yillar davomida shakllangan xalqaro tizim va strukturalar barbod bo’layapti. Bunga jim qarab tura olmaymiz. Yana qon to’kilmasligi kerak”, - deydi Germaniya mulozimi.
Ayni paytda Ukrainaning jangga shay holatda turgan armiyasi olti ming kishidan iborat xolos. Rossiyaga bas kela olmaydi.
Harbiy tahlilchi Ben Berrining kuzatishicha, Ukrainada vaziyat taranglashib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanadi. “Zo’ravonlik boshlanib ketishi ehtimoli yuqori. Arzimagan bir voqea urushga turtki berishi mumkin”.
Mojaroning strategik ahamiyatga ega jihatlari bor. Qit’aning g’arbiy qismlarida, Ukrainadan uzoqda NATOning katta qo’shinlari joylashgan. Ukraina va bu alyans o’rtasida sheriklik shartnomasi bo’lsa-da, NATO bu davlatni himoya qilish majburiyatiga ega emas.
“NATOga a’zolik Rossiya bilan harbiy to’qnashuvga yetaklashini, bahaybat davlat bilan aloqalar chigallashishini istamaydigan hukumatlar talay”, - deydi Berri.
Rossiyaning Qrimni o’zlashtirish qarori yarim orolning o’zida olqishlanmoqda, lekin Kreml bundan buyon Ukrainada bilganini qiladi degani emas. Rossiyaning xatti-harakatlari natijasida, deydi ekspert, Ukraina G’arbga yanada yaqinlashdi va endi NATO ham strategiyasini o’zgartiradi.
“Rossiya Qrimni bosib oldi. Kiyev va Ukraina g’arbida endi Rossiyani dushman deb ko’rishadi”, - deydi Ben Berri.
Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya kuchlari bir necha haftadan beri harbiy mashqlar o’tkazmoqda. Prezident Vladimir Putin ular Ukrainaning qolgan qismlariga qadam bosmaydi desa-da, xavotirlar yo’q emas.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Ukrainadagi ahvolni o’rganish, jumladan inson huquqlariga oid vaziyatga baho berish uchun qurollanmagan 500 kuzatuvchisini yubormoqda. Rossiya bu qarorni olqishladi, lekin ularni Qrimga kiritmaydi.
Qo’shma Shtatlar nazarida xalqaro monitoring guruhi butun Ukraina bo’ylab ish olib borishga haqli, jumladan Qrimda.