Breaking News

NATO: Rossiya Ukraina bobida xalqaro xavotirlarni inobatga olmayapti


Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkin, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen, Amerika Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashmoqda.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkin, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen, Amerika Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashmoqda.

NATO tashqi ishlar vazirlari Bryusselda majlisda. Jumladan Ukrainaning harbiy salohiyatini oshirish mavzusi muhokama qilinmoqda.

NATO rahbari nazarida Rossiya Ukraina yuzasidan xalqaro xavotirlarni inobatga olmayapti. Anders Fog Rasmussen Bryusselda NATO tashqi ishlar vazirlari majlisida so’zladi. Anjumanda jumladan Ukrainaning harbiy salohiyatini oshirish mavzusi muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, NATO vakillari Rossiya bilan rishtalarni ko’rib chiqmoqda. Rossiya Ukrainadagi mojaroga barham berishga hissa qo’shmas ekan, Kreml Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqining kuchliroq sanksiyalariga yo’liqishi mumkin.

Moskvada bugun Rossiya parlamenti yuqori palatasi Ukrainaga qo’shin jo’natishga ruxsat berish qarorini bekor qilgan. Parlament prezident Vladimir Putinni mart oyida shunday vakolat bilan siylagan edi.

NATO davlatlari Rossiyani Ukrainadagi bo’lginchilarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblaydi. Moskva bu ayblovni rad etayapti.

Kecha, Ukrainaning bildirishicha, Rossiyaga moyil ayirmachilar chegaradagi Slavyanks shahrida Ukraina harbiy vertolyotini o’qqa tutgan. Kamida to’qqiz harbiy halok bo’lgani aytiladi.

Bu orada, BMT inson huquqlari idorasi Ukraina sharqida ahvol og’irlashib borayotgani haqida ogohlantirmoqda. Aprel va iyun oylaridagi olishuvlarda 420 dan oshiq odam nobud bo’lgan. Chegarada qurollar qatnovi tobora oshib borayapti, deydi BMT rasmiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG