Rossiya prezidenti Vladimir Putin nazarida G’arb bilan aloqalarni yaxshilash, normallashtirish uchun to’siq yo’q. G’arbda buning uchun iroda bo’lsa bas, deydi u.
Putin bu borada bugun Rossiya bo’ylab efirga uzatilayotgan intervyuda gapirgan. Ukraina yuzasidan vujudga kelgan qarama-qarshilikda Kreml rahbari Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqini ayblagan. Uning aytishicha, Rossiya nimaiki qilayotgan bo’lsa, o’z manfaatlarini himoya qilmoqda.
Obama ma’muriyati esa Moskva quyushqonidan chiqaversa, yangi sanksiyalar bilan jazolanadi deya ogohlantirmoqda.
Bu safar Putinning shaxsiy hisoblari nishonga olinishi mumkin. Gap o’nlab milliard dollar haqida ketmoqda.
Oq uyda davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchi Syuzan Rays deydiki, AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiyaga iqtisodiy zarba berish uchun qo’ldan kelgan barcha chorani ko’radi.
Davlat departamentining qayd etishicha, Rossiya Ukraina sharqida tartibsizliklar va beqarorlik uchun javobgar rusparast kuchlarni tinchlantira oladi va agar Kreml haqiqatdan ham tinchliksevar tomon bo’lsa, unda bu jangarilarni to’xtatadi.
Jangarilarning yetakchisi Denis Pushilin esa uning guruhi hech kimning iznida emasligini aytmoqda. Talab shuki, Ukrainada hukumat o’zgarishi kerak, hozirgi rahbarlar ketishi shart, deydi u.
Payshanba kuni Jenevada Rossiya, Ukraina, Yevropa Ittifoqi va AQSh orasida erishilgan kelishuvga binoan jangarilar hukumat idoralarini tark etib, qurolni tashlashi lozim.
Bitimda Rossiyadan Ukraina chegarasida turgan 40 ming qo’shinni orqaga qaytarish talab qilinmaydi, lekin Vashington Moskvani shunday qilishga undamoqda.
G’arbda Kremlga ishonch juda past, Rossiyada esa G’arbga.