Atigi olti oy oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani “azaliy inimiz” deya unga 16 milliard dollarga teng kredit va arzon gaz taklif qilayotgan edi. Bugungi munosabatlar qanday?
Ukrainada ayrim mulozimlar Rossiya bilan chegarada ikki ming kilometrli devor qurishni, uni tikanli sim bilan o’rab va elektrlashtirib, atrofini minalashtirish taklifi bilan chiqmoqda.
130 million dollarga baholanayotgan bu loyiha amalga oshishi ehtimoldan yiroq, ammo ikki davlat munosabatlari dushmanlik ruhi bilan qanchalik yo’g’rilganini yaqqol namoyish etadi.
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 12-iyun kuni Vladimir Putinga qo’ng’iroq qilib, Rossiyadan uch tank chegarani kesib o’tgani yuzasidan shikoyat qilgan. Vaholanki, Putin chegarani qulflab qo’yganmiz deb ishontirgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa separatistlarga yordam uzatilayotganini ilk bor tan oldi.
Chegara mahkam emasligi o’z-o’zidan ayon. Ukrainadan ajralgan Donetsk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin shu hafta kutilmaganda Moskvaga tashrif buyurib, millatchi partiyalar bilan muloqotda bo’ldi. Qo’limizda uch tank bor endi, deydi u, lekin bu texnika qayerdan kelgani haqida og’iz ochmadi.
Rossiya telekanallariga bergan intervyusida Denis Pushilin Donetsk nima uchun Ukrainadan ajralganini iqtisodiy jihatdan asoslashga harakat qildi. “Biz Kiyevga bir dunyo soliq to’lardik, qaytib keladigan sarmoya esa oz edi”, - deydi u.
Siyosiy tahlilchi Tomas Grem quyidagi savollarni o’rtaga tashlaydi:
“Ukrainadagi voqealar o’zi qanchalik Putinning nazoratida? Kiyevdagi hukumatni tan olmayotgan guruhlarga Rossiya yo’l ko’rsatyaptimi yoki ular o’zi mustaqil harakat qilishga o’tganmi?”
Ayrim ekspertlar nazarida, Vladimir Putinning maqsadi Ukrainada beqarorlik urug’ini sochib qo’yishdir. Gruziya, Moldova, Armaniston va Ozarbayjonda bo’lgani kabi davomiy bir mojaro yaratish. Chunki separatizm botqog’iga botgan davlatlar, deydi ular, Rossiya oldida ojiz bo’ladi, ularni manipulyatsiya qilish osonlashadi.
O’tgan hafta Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Finlandiyaga safari turli mish-mishlarga sabab bo’ldi. Bir taxmin shuki, Kreml Ukraina bilan o’ziga xos kelishuvga erishmoqchi. Unga asosan, Ukraina NATOga qo’shilmaydi, neytral siyosat olib boradi va Moskva manfaatlariga zid bo’lgan biror ishga qo’l urmaydi.
Lekin hozircha Kiyev Rossiyaga bo’yin egayotgani yo’q.
Yevropa Ittifoqi vositachiligida tomonlar shu hafta gaz ta’minoti bo’yicha muzokara qilib, til topisha olmadi. Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk deydiki, mamlakat Rossiya gazidan butunlay voz kechish yo’lidan borishi mumkin.