Breaking News

Ukraina: Rossiya yuk mashinalari orqaga qaytgan


Donetsk, 23-avgust, 2014
Donetsk, 23-avgust, 2014

Ukrainaga bu davlat ruxsatisiz kirib borgan Rossiya yuk mashinalari orqaga qaytarilgan. 220 mashina haqida gap ketmoqda.

Kreml ulardan maqsad ruslarga yordam yetkazish deya bildiradi. Bunday ko’mak faqatgina Xalqaro qizil xoch qo’mitasi bilan hamkorlikda olib borilishi kerak edi, lekin yuk mashinalari bu tashkilot tekshiruvidan o’tmagan.

Ukraina va Rossiyani tinchlik muzokaralariga undayotgan Amerika nazarida bu harakatlar masalani yanada chigallashtiradi xolos.

“Rossiya bu yuk mashinalarini olib chiqib ketishi kerak, aks holda bu qora ishlari uchun javobgarlikka tutiladi, jazolanadi”,- deydi Oq uy rasmiysi Ben Rouds.

Amerika va uning ittifoqchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga shay, prezident Vladimir Putin buni biladi, deydi AQSh rahbarining maslahatchisi.

Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin deydiki, yuk mashinalari yordam olib bormoqda va bunga Kiyevning o’zi ruxsat bergan, ammo keyinroq so’zidan qaytgan, chunki mahalliy boshqaruvlarga uning so’zi o’tmaydi. “Bir tomondan xo’p deyishadi, biroq bu buyruq tegishli idoralarga yetib bormaydi. O’yin bu. Biz esa kutib charchadik. Harakatni boshladik”,- deydi Rossiya elchisi.

Mashinalarda ichimlik suvi, dori-darmon va oziq-ovqat borligini da’vo qiladi, lekin Kremlning gaplariga Ukraina va G’arbda ishonch past.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG