Breaking News

Ukraina Rossiya tahdidiga qarshi tayyorgarlik ko'rmoqda


Rossiya askarlari Ukraina sharqiga kirishi ortidan mamlakatda harbiy holat joriy qilinmagan. Prezident Petro Poroshenko so’zlariga ko’ra, vaziyat o’ta qaltis, ammo qo'ldan chiqmagan.

Ukrainada Rossiya harbiylari va texnikasi soni esa oshib bormoqda. Ayirmachilar bir nechta yo’nalishlar bo’ylab hujumga o’tgani ma’lum. Ukraina armiyasi ayrim muhim nuqtalar nazoratni boy bergan, bir nechta batalyon isyonchilar qurshovida qolgan.

Rossiya-Ukraina ixtilofi, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00
Yuklab oling

Kiyevda ommaviy norozilik namoyishlari qayta jonlanmoqda. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilish, mudofaa vazirini iste’foga chiqarish, armiyani harbiy texnika bilan ta’minlash va qurshovda qolgan ukrain harbiylariga ko’mak ko’rsatish talabi bilan o’tayotgan namoyishlar sharqdagi vaziyatning o’ta qaltisligidan darak bermoqda.

Ukraina Xavsizlik Kengashi matbuot xizmatiga ko’ra, Rossiya harbiy ko’magiga tayangan ayirmachilar bir nechta rayonlarda Ukraina armiyasiga qarshi hujumga o’tgan.

“Ayirmachilarning qarshi hujumi Rossiyaga tegishli muntazam harbiy qismlar bilan muvofiqlashtrilgan tarzda amalga oshirilmoqda”, - deydi Xafsizlik kengashi vakili Andrey Lisenko.

29-avgust kuni Vladimir Putinning ayirmachi kuchlarga qilgan murojaati e’lon qilindi. Unda isyonchilardan Ukraina qo’shinlarining qurshovdan chiqishi uchun gumanitar yo'lak tashkil qilish so’ralgan.

Ayirmachilar o’z navbatida Ukraina askarlarining qurshovdan chiqishiga rozi ekanini, faqat qurollarini tashlab ketishi lozimligini shart qilib qo’ymoqda. Xafsizlik Kengashi bayonotiga ko’ra, Putinning murojaati ayirmachilar Kreml tomonidan boshqarilayotganining yana bir isbotidir.

Putinning murojaati Rossiya harbiy texnikasi va qo’shinlari soni ko’payishi ortidan kuzatilmoqda. Sharqdagi urush ayirmachilar bilan emas, balki Rossiyaning professional harbiylari bilan ketayotganiga ko’pchilik shubhalanmaydi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi yonida bir nech kundan beri davom etayotgan namoyish qatnashchilari mamlakatda harbiy holat joriy etilishini talab qilmoqda. Bu talabga Ukrainadagi ayrim siyosiy liderlar ham qo’shilgan.

“Bugun mamlakatda vaziyat qaltis. Lekin nima bo’lishidan qat’i nazar, biz jang qilishimiz kerak, mustaqillik uchun, mamlakatni saqlab qolish uchun. Bu esa barcha ukrainaliklardan birlashishni talab etadi” - deydi suhbatdoshlardan biri.

Rossiya harbiy qismlari mamlakatga kirishi ortidan Turkiyaga belgilangan safarini qoldirgan prezident Petro Poroshenko Xavfsizlik Kengashida favqulodda yig’in o’tkazdi.

Kengash mamlakatda harbiy holat e’lon qilmadi, Ukraina armiyasi harakatini maxfiylashtirish qarori bilan cheklandi. Poroshenko murojaatida sharqdagi vaziyat o’ta qaltisligi, ammo uni nazorat qilish mumkinligi aytiladi.

Mamlakatda, shuningdek, yoshlarni majburiy xizmatga chaqirish amaliyoti qayta tiklandi. Hukumatga ko’ra, majburiy harbiy tayyorgarlikdan o’tgan yoshlar aksil-terror amaliyotlariga jalb qilinmaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG