Breaking News

Ukraina Rossiya gumanitar karvonini kiritmaydi


Ukraina hukumatining bildirishicha, rus gumanitar karvoni Xalqaro Qizil Xoch bilan kelishilgan holda yo’lga chiqmagan.
Ukraina hukumatining bildirishicha, rus gumanitar karvoni Xalqaro Qizil Xoch bilan kelishilgan holda yo’lga chiqmagan.

Ukraina Rossiya eltayotgan 280 mashinadan iborat insonparvarlik yordamini mamlakatga kiritmoqchi emas.

Ukraina hukumatining bildirishicha, rus gumanitar karvoni Xalqaro Qizil Xoch bilan kelishilgan holda yo’lga chiqmagan. Rossiya bo’lginchilar nazorati ostidagi hududga shu bahonada qo’shin jo’natayotgan bo’lishi mumkin, deydi rasmiylar.

Ukraina prezidenti ma’muriyati vakili Valeriy Chali so’zlariga ko’ra, karvondagi yuklar Xalqaro Qizil Xochning mashinalariga ortilganidan keyingina sharqiy viloyatlarga o’tishi mumkin.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yoki harbiylariga, qo’lida insonpavarlik yordami bo’lsa ham, Ukrainaga kirishga ruxsat bermaymiz, deydi u.

Biroq Rossiya televideniyesining izohiga ko’ra, gumanitar missiya Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda.

Ukrainaning rusiyzabon sharqiy viloyatlarida minglab odamlar ichimlik suvi, dori-darmonga muhtoj, hududda elektr ta’minotida uzilishlar ko’p kuzatiladi.

Amerika rahbari Barak Obama kecha Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan telefonda gaplashgan. Ikkisining aytishicha, Kiyev ruxsatisiz Rossiya Ukrainaga kiradigan bo'lsa, bu xalqaro qonunlarni buzish deya talqin qilinadi.

Bu orada, Ukraina armiyasi kechagi bayonotida Donetsk shahrini qaytarib olish uchun shiddatli hujumga tayyorgarlik ko’rayotganini ma’lum qildi. Shahar sharqdagi bo’lginchilarning qarorgohi hisoblanadi. Hukumat Donetskdagi oddiy fuqarolarni hududni vaqtincha tark etishga da’vat etayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG