Breaking News

Odessa motamda, Slavyansk va qo'shni shaharlar tobora notinch


Germaniyalik harbiy mutaxassis Aksel Shnayder Slavyanskda garov olingan xalqaro kuzatuvchilardan biri. Bugun u va yana bir necha xodim qo'yib yuborildi.
Germaniyalik harbiy mutaxassis Aksel Shnayder Slavyanskda garov olingan xalqaro kuzatuvchilardan biri. Bugun u va yana bir necha xodim qo'yib yuborildi.
Ukrainaning Slavyansk shahrida Rossiya tarafdorlari bo’lgan bo’lginchi kuchlar yevropalik kuzatuvchilarni qo’yib yuborgan. Ular o’tgan hafta garovga olingan edi. Separatistlar yana besh ukrainni ham ozod etgan.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xodimlari xalqaro kelishuvga binoan sharqiy va janubiy hududlarda rus aholi hayoti bilan tanishish va hisobot tayyorlash uchun borgan edi. Bo’lginchilar nazarida esa ular josuslar. Mintaqa xavfli ekan, jangarilar ularni qo’yib yuborishga qaror qildi, deya xabar beradi mahalliy manbalar.

Slavyanskka qo’shni Kramatorskda separatistlarga qarshi kurashayotgan hukumat kuchlari mahalliy teleradioni o’z nazoratiga olgan.

Rossiyaparast guruhlar mintaqada strategik inshootlarni egallab, 11-mayda referendum o’tkazish harakatida. Maqsad, deydi ular, Ukrainadan chiqib, Rossiyaga qo’shilish.

Odessa esa juma kungi to’qnashuvda halok bo’lgan 42 kishiga motam tutmoqda. O’lganlar orasida hukumat tarafdorlari ham, Rossiya tarafdorlari ham bo’lgan. Muvaqqat hukumat o’lganlarning oilasiga ta’ziya bildirib, ommani tinchlik saqlashga, birdamlikka undamoqda.

Moskvada esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevdagi rahbarlarni o’z xalqiga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.

17-aprel kuni Jenevada erishilgan kelishuv ukrain hukumati uchun bir tiyinlik ham ahamiyatga ega emas ekan, deydi Putin, aks holda o’z fuqarolariga qarshi kuch ishlatgan bo’larmidi? Bu bilan Putin Slavyanskdagi bo’lginchi kuchlarga qarshi keskin choralar ko’rishga bel bog’lagan hukumatni qoralamoqda. Putin Rossiya bilan chegaradosh hududlardan Ukraina o’z kuchlarini olib chiqib ketsin deydi.

Amerika nazarida esa Ukrainadagi vaziyatni salbiylashtirayotgan bu Rossiya. Putin rusparast guruhlarni Kiyevga qarshi qo’yishni to’xtatmas ekan, G’arb ham o’z choralarini kuchaytiradi, deydi prezident Barak Obama.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG