Breaking News

Kiyevda Zelenskiy yordamchisining avtomobili o'qqa tutildi


Bugun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning birinchi yordamchisi Sergey Shefirning avtomobili Kiyevda noma’lum shaxslar tomonidan o’qqa tutildi. Ba’zilar buning rasmiyga yoki prezidentga ogohlantirish ekanini aytmoqda. Siyosatchi shikast yemagan.

Xalqaro hayot – 22-sentabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:14 0:00

Voqea ertalab sodir bo’lgan. Avtomobilga 10 ta o’q tekkan. Jinoiy ish qo’zg’atilgan.

Prezident Zelenskiyning o’zi hozir Nyu-Yorkda, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida qatnashmoqda. U bu ishga kim qo’l urganini bilmasligini aytadi.

"Bosh Assambleyadagi ma’ruzamdan so’ng Ukrainaga qaytaman. Bu ish ortida qanday kuchlar turganidan xabarim yo’q. Balki ichki kuchlardir, balki tashqi”, - dedi u.

Prezidentning “Xalq xizmatkori” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya voqeaga kontrabandachilar, jinoiy avtoritetlar, oligarx guruhlar yoki rossiyaliklar aloqador bo’lishi mumkin deya taxmin qildi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bugun jurnalistlarga aytishicha, Rossiyaning bu ishga aloqasi yo’q.

"Afsuski, bugungi kunda Ukrainada nima sodir bo’lsayam, har bir siyosatchi albatta rus iziga ishora qiladi. Ammo bu haqiqatdan yiroq. Bu harqalay haddan tashqari hissiyotli holatdan dalolat”, - dedi Peskov.

Ukraina parlamenti shu hafta yirik biznesning mamlakatdagi siyosiy qarorlarga aralashuvini cheklovchi qonun loyihasini qabul qilishi kutilmoqda.

Zelenskiy saylov kampaniyasi paytida oligarxlar va korrupsiyaga qarshi kurashishga so’z bergan edi. Ukraina rahbarining maslahatchilaridan biri Mixaylo Podolyakning aytishicha, Shefirning joniga suiqasd harakati ana shu kurashga javob bo’lishi mumkin.

"Biz bu hujumni davlat rahbarining faol siyosatiga qarshi agressiv va qurolli kampaniya deb ko’ramiz”, - dedi Podolyak.

Unga ko’ra, Prezident Zelenskiy rejadagi islohotlaridan voz kechibgina qolmay, ularni kuchaytiradi ham.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG