Breaking News

AQSh Ukrainaning yangi hukumatini qo'llab-quvvatlashini bildirdi


Ukrainaning yangi Bosh vaziri Vladimir Groysman
Ukrainaning yangi Bosh vaziri Vladimir Groysman

Qo’shma Shtatlar Ukrainaning islohotlar boshlayotgan yangi hukumatini qo’llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo’yicha muovini Viktoriya Nuland Kiyevda bo’lib, yangi Bosh vazir Vladimir Groysman bilan uchrashdi.

“Ukraina uchun, Yevropa bilan yaxlit kelajak uchun qadam tashlar ekansiz, Amerika hukumati va xalqi sizga ko’mak ko’rsatishga tayyor”, - dedi AQSh diplomati.

Vladimir Groysman yaqingacha Ukraina parlamenti spikeri edi. Bosh vazir lavozimida korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqaruvni yaxshilashga va’da bermoqda.

“Ukraina siyosiy inqirozdan o’tib oldi, natijada parlamentda yangi koalitsiya hamda yangi hukumat tuzildi, - dedi Groysman. - Ishning eng mashaqqatli qismi endi boshlanayotganini tushunamiz. Butun e’tiborni islohot va o’zgarishlarga qaratamiz".

38 yoshli Groysman Ukraina tarixidagi eng yosh bosh vazir. Prezident Petro Poroshenkoning yaqin ittifoqchi sanaladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG