Breaking News

Ukraina armiyasi va isyonchilar og'ir qurollarni chiqarishga kelishib oldi


Ukraina sharqidagi mojaroga aloqador armiya va isyonchilar og'ir qurollarini front chizig'idan chiqarishga rozi. Bu Minskda imzolangan sulh bitimining shartlaridan biri. Isyonchilar og'ir qurollarini hududdan kelasi ikki hafta ichida olib chiqishini bildirgan.

Sulhga ko'ra, tomonlar asirlarni ayirboshlashga ham kelishib olgan. Kecha isyonchilar Ukrainaga 139 askarni, Kiyev esa isyonchilarga 52 odamni topshirgan.

Bu o'rtada Ukraina sharqida mojarodan xoli Xarkov shahrida namoyish paytida portlash yuz berib, uch odam o'lgan, 15 kishi jarohat olgan. Namoyishchilar sobiq Prezident Viktor Yanukovichning hokimiyatdan ag'darilganing bir yilligini nishonlab ko'chaga chiqqan.

Qo'shma Shtatlar va Britaniya Rossiyani isyonchilarni qo'llab-quvvatlayotganlikda ayblar ekan, unga qo'shimcha sanksiya qo'ymoqchi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Xemmond Londonda uchrashib, shu mavzuda gaplashgan.

Vashington ayni damda Ukrainani qurollantirish haqida o'ylanmoqda. Rossiya bunday qadam mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi haqida ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG