Breaking News

Ukraina harbiylari Kramatorsk aerodromini separatistlardan tortib oldi


Ukraina zobitlari bronetransportyorda Uzum shahri yonida turibdi, 15-aprel, 2014-yil
Ukraina zobitlari bronetransportyorda Uzum shahri yonida turibdi, 15-aprel, 2014-yil
Ukraina muvaqqat prezidenti Oleksandr Turchinov sharqiy viloyatlarda davlat idoralarini egallagan odamlarga qarshi amaliyot boshlangani haqida ma’lum qildi.

Unga ko’ra, Donetsk viloyatida rossiyaparast kuchlar Kiyevning taslim bo’lish haqidagi talabiga bo’ysunmadi.

Harbiylar Slavyansk atrofini o’rab olgan. Shahar hokimiyati hozir separatist kuchlar qo’lida. Unga yaqin Kramatorsk shahri aerodromida esa o’q ovozlari eshitilgan. Otishmada kamida separatistlardan to’rt nafarining nobud bo’lgani aytilmoqda. Har ikki shahar Donetsk viloyatiga qarashli.

Turchinov Moskvani bu ish ortida turganlikda ayblamoqda.

"Rossiya Federatsiyasining yovuz rejasi bor. Ular butun Donbassni, Xarkovdan Odessagacha bo’lgan hududlarni alanga oldirmoqchi", - deydi u.

Muxolif yetakchilardan biri Vitaliy Klitchko Turchinovni sharqda separatistlarga qarshi qurolli kuchlarni yuborishga chaqirdi.

"Yollanma odamlar Ukraina xalqiga aloqador emas. Ular bilan gapni cho’zib o’tirmaymiz. Donbass, Lugansk, Xarkov aholisi bizdan yordam so’ramoqda", - dedi Klichko.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, agar Kiyev sharqqa qo’shin tashlasa, Rossiya Jenevada payshanba kunga rejalangan favqulodda majlisda qatnashmaydi. Muloqotda Ukraina, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Rossiya bosh diplomatlarining ishtiroki kutilmoqda.

"O’z fuqarolariga qarshi tank yuborish bilan bir paytning o’zida muzokara qilish to’g’ri emas. Agar Ukraina janubi-sharqida kuch ishlatilsa, to’rt tomonlama muloqot o’tkazilmaydi", - dedi Lavrov.

Kecha Kiyevda radikal “O’ng sektor” faollari prezidentlikka nomzodlardan biri, sharqiy viloyatlar vakili Oleg Saryovni kaltaklagan. Saylovlar 25-mayga rejalangan.

G’arb hukumatlari Rossiyani sharqdagi namoyishlar ortida turganlikda ayblasa, Moskva AQSh va G’arbni Kiyevdagi hukumat homiylari deya atamoqda. Kecha prezidentlar Barak Obama va Vladimir Putin telefon orqali vaziyatni muhokama qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG