Breaking News

2013 Afg'oniston uchun eng qonli yil bo'ldi


Jalolobod, noyabr, 2013
Jalolobod, noyabr, 2013
2013-yil Afg'oniston uchun o'tgan 12 yildagi eng og'ir davr bo'ldi, deya xulosa qilmoqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti.

3000 fuqaro o'lgan, 5600 nafari jarohatlangan. Onalar va bolalar orasida o'lim hollari ko'paygan.

BMT talofatlarda asosan Tolibon va hukumatga qarshi kurashayotgan boshqa guruhlarni ayblamoqda.

Xalqaro koalitsiya chiqib ketsa, vaziyat yanada og'irlashadi, deyiladi tashkilot hisobotida. Kobuldagi vakolatxona nazarida fuqarolar himoyasini ta'minlash hozir ham qiyin bo'lib turgan paytda bu vazifani butunlay mahalliy kuchlar zimmasiga topshirish noto'g'ri ish bo'ladi.

Prezident Hamid Karzay AQSh bilan xavfsizlik bitimini imzolashdan bosh tortmoqda. 2014-yildan keyin mamlakatda qancha chet ellik zobit bo'ladi, noma'lum.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 8-fevral, 2014
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:57 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG