Breaking News

BMT qurol bozori nazorati muhokamasiga qaytadi


BMT Bosh Assambleyasi oddiy qurol-aslaha savdosini tartibga solish borasida muzokarani qayta boshlashga kelishib oldi. Iyuldagi muhokama natijasiz tugagan edi.

Xalqaro qurol nazorati / Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:03 0:00
Yuklab oling

BMT Bosh Assambleyasi mart oyida alohida konferensiya o’tkazadi.

Unda xalqaro bozorda oddiy turdagi qurol-yarog’ savdosi yuzasidan global standartlar belgilab olinadi.

Iyul oyidagi muloqot AQSh qarshiligi bois to’xtab qolgan edi.

Vashington 60 milliard dollarlik bu sanoatni cheklovchi hujjatni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortgan.

AQShdagi kuchli lobbichi guruh, Milliy qurol-yarog’ uyushmasi BMTni ogohlantirib, fuqaro qurol va o’q-dori xarid qilishga haqli va bunga to’sqinlik qiluvchi har qanday choraga qarshi kurashamiz, deb chiqqan.

Biroq joriy oy Konnektukut shtatidagi maktabda 28 odamning hayotiga zomin bo’lgan qatliom ketidan masalaga yondashuv o’zgardi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG