Breaking News

BMT Bosh kotibi: Eron rahbarlari yovuzlikni targ'ib qilmasin


Oyatulla Ali Hominiy
Oyatulla Ali Hominiy

Oyatulla Ali Hominiy va prezident Mahmud Ahmadinajod Isroil va AQShga qarshi lan'atlar aytib, ularni quritish kerak deya bong urmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Eron oliy peshvosi Oyatulla Ali Hominiy va prezident Mahmud Ahmadinajodni haqoratdan tiyilib, davlat yetakchilariga xos gaplar aytishga, yovuzlikka undovchi so’zlar ishlatmaslikka chaqirmoqda.

Kecha, juma kuni Ahmadinajod Tehron Universitetidan turib, Yaqin Sharq shunday mintaqaqa aylansinki, unda Isroil va Amerikaning izi qolmasin, dedi.

Hafta boshida Oyatulla Ali Hominiy Isroil bir kun tag tugi bilan yo’q bo’lib, u turgan zamin yana Falastin bo’ladi, degan edi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun fikricha Eron rahbarlari bu so’zlari beqarorlikni targ’ib qilmoqda. Tinchlikparvar arbob bunday chiqishlar qilmaydi, deydi u.

Ma'lumki, Isroil ham Eronni tahdid manbai sifatida ko'rib keladi. Yahudiy davlat islomiy respublikani zimdan atom quroli ustida ishlayotganlikda ayblab, BMT va yetakchi davlatlarni unga qarshi chora ko'rishga undab keladi.

Amerika hukumati Eron bilan ko'p tomonli muzokaralar natija beradi degan umidda, lekin sanksiyalarni kuchaytirgan.

Rossiya va Xitoy diplomatiya eng ma'qul usul degan pozitsiyada.

BMT Bosh kotibi nazarida hech bir davlat boshqa davlatga qarshi nafrat urug'ini sochmasligi lozim.

Dunyo ahli tinchlikda yashashni istaydi, har bir davlat rahbari uzoqni o'ylab siyosat yuritsin va gapirsinm deydi Pan Gi Mun.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 18-avgust, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:20 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG