Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Mishel Basheletning aytishicha, Shimoliy Koreya qamoqxonalarida qiynoqqa solish va majburiy mehnat odatiy holga aylangan, keng tarqalgan holatdir.
Komissariatning bu borada chop etilgan hisobotiga ko’ra, xavfsizlik kuchlari tomonidan yuritiluvchi siyosiy mahbuslar lagerlari hamon mavjud.
BMT Shimoliy Koreyadagi vaziyatni ilk bor 7 yil oldin tergov qilganida bu mamlakatda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilayotgani haqida xulosa qilgan edi.
“7 yil o’tib ham Koreya Xalq Demokratik Respublikasida insoniyatga qarshi jinoyatlar davom etayotganiga ishonish uchun yetarlicha asos bor”, - deydi BMT Inson huquqlari idorasi so’zlovchisi Ravina Shamdasani.
Yangi hisobot mualliflari BMT Xavfsizlik Kengashini Shimoliy Koreya masalasini Xalqaro jinoiy sudga oshirishga yoki maxsus tribunal tashkil etishga chaqirmoqda.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Prezident Jo Bayden Shimoliy Koreya yadro dasturiga doir siyosatni qayta ko’rib chiqishga ko’rsatma bergan, Qo’shma Shtatlar Pxenyanga qo’shimcha sanksiya qo’llash ustida o’ylanmoqda.
Shimoliy Koreya siyosiy mahbuslar uchun lagerlar mavjudligini inkor etadi.
BMT hisobotida sobiq mahbuslar guvohliklari keltiriladi. Ularga ko’ra, lagerlarda mahbuslarga kaltaklash, noqulay holatda turg’izish, ochlik orqali jismoniy va ruhiy azob beriladi.
Facebook Forum