Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to'laqonli a'zo davlatlar safida endi Falastin bayrog'ini ham ko'rish mumkin.
BMT Bosh assambleyasi bu chorani ko'pchilik ovoz bilan ma'qulladi.
Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansurning aytishicha, xalqaro hamjamiyat Falastin tinchligi, kelajagi masalasida adolatli qaror qabul qildi.
Falastin ahli huquqlari, mustaqilligi uchun qilingan muhim chora bu, deydi u.
Amerika, Isroil, Kanada, Avstralia va Tinch okeanidadgi to'rt orol davlat -- bu bayroqning BMT uzra hilpirashiga qarshi ovoz berganlar bo'ldi.
AQShning elchisi Samanta Pauerning so'zlariga ko'ra, bayroq ko'tarish Falastin va Isroil muammosini hal qilmaydi, ularni murosaga boshlamaydi.