Breaking News

Suriya muxolifati gumanitar yordam so'ramoqda


Suriyalik ayollar nonga navbatda turibdi, Idlib viloyati, 12-dekabr, 2012-yil
Suriyalik ayollar nonga navbatda turibdi, Idlib viloyati, 12-dekabr, 2012-yil
BMTning gumanitar masalalar bilan shug’ullanuvchi boshqarmasi va Suriya muxolifati xalqaro hamjamiyatdan jabr ko’rgan suriyaliklarga yordam miqdorini oshirishni so’ramoqda.

BMT rasmiysi Jon Gingning aytishicha, taxminan to’rt million odam oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj.

"Suriyada vaziyat yomonlashib bormoqda, yordamga ehtiyoj katta", - deydi u.

Ging yetakchiligidagi BMT guruhi o’tgan hafta Suriya va Livanda bo’lib qaytdi. Uning aytishicha, odamlarning yashash sharoiti ayanchli. Mamlakat infratuzilmasiga katta ziyon yetgan, deydi u.

"22 oylik mojaro asoratini ko’rdik. Aholi tushkunlikda, holsizlangan. Hukumat askarlari ham, isyonchilar ham infratuzilmani nishonga olmoqda", - deydi rasmiy.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ertaga Quvaytda bo’ladigan xalqaro anjumanda donor davlatlardan 1,5 milliard dollar to’plab berishni so’rashi kutilmoqda. Bugun Qo'shma Shtatlar qo'shimcha 155 million dollar ajratishi haqida ma'lum qilgan.

Suriya muxolifati kecha Parijda 50 dan ziyod davlatlar vakillari bilan uchrashib, muvaqqat hukumat ehtiyojlari uchun 500 million dollar so’ragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG