Breaking News

Rossiya: Suriyada sulh tuzilishi kerak


Suriya bir yarim yildan beri alanga ichida
Suriya bir yarim yildan beri alanga ichida
Rossiya Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida e’tiborni Suriyadagi ahvolga qaratdi. O’z davlati pozitsiyasini tushuntirdi.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 29-sentabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:17 0:00
Yuklab oling


Suriya hukumati va muxolif kuchlarni zo’ravonlikni bas qilib, muloqot boshlashga va murosaga chaqiramiz, deydi Lavrov.

“Sulh tuzilishi kerak, har ikki tomon mahbuslarni ozod etibb, gumanitar yordam uchun yo’l ochishi lozim”,- deydi diplomat.

Rossiya, Xitoy qatorida, AQSh va Arab Ligasi olg’a surgan rezolyutsiyalarga veto qo’yib kelmoqda.

Kreml Suriya rahbari Bashar al-Assadga qarshi keskin choralar ko’rishga qarshi. Mamlakat taqdirini xalqning o’zi hal etsin, siyosiy o’zgarish qilish ham Suriya ahli iznida, tashqi kuchlarning emas, deydi Lavrov.

Bir yarim yil oldin boshlangan qo’zg’olon va uning natijasida avj olgan harbiy choralar natijasida 30 mingga yaqin odam halok bo’ldi. 300 ming kishi vatanni tark etgan. Qochqinlarning aksariyati Turkiyada.

Ahmet Dovuto'g'li, Turkiya Tashqi ishlar vaziri
Ahmet Dovuto'g'li, Turkiya Tashqi ishlar vaziri
Bu davlat nazarida esa BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya masalasini yecha olmayotgani sharmandalik. Nega effektiv bir chora ko’ra olmayapsiz, deya so’raydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto’g’li.

BMT eng oliy organi bo’la turib, bu kengash a’zolari bir yoqadan bosh chiqara olmayotgani uyat, deydi u Bosh Assambleyada so’zlar ekan.

Turkiya Bashar al-Assadni o’z xalqining qotili deb ataydi. Amerika va uning ittifoqchilari ham shu fikrda.

Assad nazarida esa unga qarshi kurashayotgan kuchlar G’arb tomonidan quvvatlangan terroristlar va ular hech qachon mamlakatni qo’lga ololmaydi.

BMT Inson Huquqlari Kengashi Suriyada insoniyatga qarshi jinoyatlar amalga oshirilgani haqida dalil-isbot to'plamoqda. Hukumat va muxolif kuchlar birdek aybdor bo'lishi mumkin, deydi huquq himoyachilari.

AQShning kengashdagi vakili Aylin Chamberlin Donaxo adolat qaror topadi deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG