Amerikaliklar bugun Mustaqillik ayyomini nisyonlamoqda. Biroq havo qattiq isib, o’tgan juma sharqiy shtatlarni qaqshatqich to’fon urib, g’arbiy shtatlar qurg’oqchilik va yong’inlar bilan olishar ekan, bular bayram kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmagan.
O’n millionlab odamlar parad va tomoshalarga otlangan, boshqalar bu sanani oilaviy davrada nishonlamoqda. Shu bilan birga, milliondan ziyod fuqaroning xonadonida elektr ta’minoti ishdan chiqqan.
Bir necha shaharlarda jazirama issiq (40 daraja Selsiydan yuqori), bo’ron asoratlari va yong’in xavfi sababli rasmiylar shodiyona, mushakbozlikni bekor qilgan. O’t chiqishi ehtimoli bois xonadonlarda ham mushakbozlik qilmaslik maslahat berilmoqda.
O’tgan haftadagi kuchli dovul kamida 24 odamni hayotdan olib ketib, prezident Barak Obama G’arbiy Virjiniya va Ogayoni federal ofat zonalari deya e’lon qilgan edi. Hududda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yong’inlar esa yuzlab binolarni vayron qilib, o’n minglab fuqarolarni uyini tashlab chiqishga majbur qilgan.
Amerika Britaniyadan mustaqil bo’lganiga 236 yil to’ldi. Mamlakat bo’ylab ko’cha-kuyda davlat bayrog’i hilpiramoqda, kimdir mashhur qizil, ko’k va oq chiziqlar tortilgan kiyim-boshda.
Vashingtondagi tantana eng dabdabali o’tishi kutilar ekan, yuz minglab odamlar poytaxt markazida mushakbozlik hamda konsertni tomosha qiladi. Meteorologlar esa yomg’ir va momaqaldiroq ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.
AQSh Mustaqillik Deklaratsiyasi 1776-yilda Tomas Jefferson tomonidan bitilgan bo’lib, ozodlikning eng yorqin ramzlaridan hisoblanadi.