Breaking News

Hamid Karzay: Afg’onistonda harbiy amaliyotlarni kamaytirish vaqti yetdi


Hamid Karzay: Afg’onistonda harbiy amaliyotlarni kamaytirish vaqti yetdi
Hamid Karzay: Afg’onistonda harbiy amaliyotlarni kamaytirish vaqti yetdi

Afg’oniston rahbari Hamid Karzay AQShdan harbiy amaliyotlar soni va sur’atini imkon qadar kamaytirishni so’ramoqda. Xalq, deydi u, urush va xunrezlikdan to’ygan.

“Vashington Post” gazetasi bilan suhbatda, Karzay xususan tungi reydlarni qoralagan.

“Uylarga bostirib kirish va tintuvlarni bas qilish kerak. Odamlar g’azabda. Afg’on hukumatining ruxsatisiz amalga oshirilayotgan bunday amaliyotllar aholi orasida Tolibonga moyillikni oshiradi xolos”, - deydi afg’on rahbari.

Uning fikricha, markaziy hukumat tungi reydlarni taqiqlash vakolatiga ega bo’lishi kerak.

“Afg’onlar Amerika zobitlari ularni tinch qo’yishini, xotirjam hayot kechirishni istaydi”, - deydi Hamid Karzay. “Mahalliy armiya xavfsizlik uchun ko’proq javobgarlikni o’z zimmasiga olishga tayyor”.

Afg’oniston prezidenti bu haqda ochiq so’zlayotgani Vashingtonda to’g’ri qabul qilinadi degan umidda. Ittifoqchilar bir-birini yaxshiroq tushunishi kerak, deydi u.

AQSh Afg’onistondagi missiya 2014 yilgacha davom etishi mumkinligiga ishora qilar ekan, Karzay nazarida ajnabiy kuchlar mamlakatda uzoq qolishi vaziyatni o’nglashi amri mahol.

XS
SM
MD
LG