Breaking News

AQSh Pokiston-Tolibon muloqotini olqishlamoqda


Pokiston hukumatiga terrorizmga qarshi kurashda ishonch hamisha past, deydi ekspertlar. Bu davlat harbiy va razvedka kuchlari jangarilarni zimdan quvvatlab keladi, deydi ular. Bosh vazir Navoz Sharif esa bu haqiqat emasligini isbotlamoqchi.
Pokiston hukumatiga terrorizmga qarshi kurashda ishonch hamisha past, deydi ekspertlar. Bu davlat harbiy va razvedka kuchlari jangarilarni zimdan quvvatlab keladi, deydi ular. Bosh vazir Navoz Sharif esa bu haqiqat emasligini isbotlamoqchi.
AQShning Afg’oniston masalalari bo’yicha maxsus vakili Jeyms Dobbins Islomobodda Pokiston rahbarlari bilan uchrashar ekan, bu davlat Tolibon bilan muzokara olib borayotganini olqishladi.

Zarur bo’lsa, Pokiston jangarilarga qarshi kuch ishlatishga shay ekani ham ma’lum, deydi Amerika diplomati.

“Navoz Sharif va u boshliq hukumat ekstremizmga qarshi sidqidildan kurashayotganiga shubhamiz yo’q”,- deydi Dobbins.

Afg’on-Pokiston chegarasi Tolibon mahkam joylashib olgan hudud ekani sir emas, deydi u. Tinchlikni saqlash bu kuchlarga qarshi har ikki tomondan qattiq choralar talab qiladi.

Tomonlar jangarilardan bir-biriga nisbatan ta’sir vositasi sifatida foydalanib kelganini inkor etmagan diplomat deydiki, bugunga kelib Afg’oniston va Pokiston bir narsani tushunib yetgan: ekstremizm har ikki jamiyatni zaharlaydi va orqaga tortadi.

Pokiston hukumatiga terrorizmga qarshi kurashda ishonch hamisha past. Bu davlat harbiy va razvedka kuchlari jangarilarni zimdan quvvatlab keladi, deydi ekspertlar. Bosh vazir Navoz Sharif esa bu haqiqat emas deya isbotlamoqchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG