Yil boshida o’lgan toliblar jasadlarini tahqirlaganlik va Bagram aviabazasida Qur’on va boshqa diniy kitoblarni yoqqanlikda ayblangan to’qqiz nafar AQSh zobitiga ma’muriy jazo berilgani aytilmoqda.
Bu haqda Mudofaa vazirligi ma'lum qilmoqda.
Jazoning turi oshkor etilmagan, ammo bunga unvonida tushirilgani yoki maoshining kesilgani misol bo'lishi mumkin. Harbiylarga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilmagan.
Kecha, shuningdek, Afg’oniston janubidagi Qandahor shahrida xuruj sodir etilib, kamida bir odam o’lgan, 14 kishi yaralangan.
Shahar politsiya boshlig’i Abdul Razzoq nishonga olingani aytilmoqda. Portlash mashinasining yonida yuz bergan, ammo u omon qolgan.
Yakshanba kuni esa janubdagi Hilmand viloyatida toliblar 17 odam, jumladan ikki ayolning boshini olgan.
Prezident Hamid Karzay qotillikni qoralagan, ammo toliblar so’zlovchisi Qori Yusuf Ahmadiy bu ishga aloqamiz yo’q, demoqda.
Shuningdek, Hilmandda jangarilar harbiy postga hujum qilib, 10 afg’on zobitini o’ldirgan. Sharqda esa afg’on harbiysi ikki amerikalik askarni otib, yo’q qilgan.