Breaking News

AQSh Afg'onistonga qo'shimcha 4000 askar jo'natishi mumkin


Afg'onistondagi AQSh askarlari
Afg'onistondagi AQSh askarlari

"AP" axborot agentligining ismi ochiqlanmagan rasmiylardan biriga tayanib yozishicha, Pentagon Afg'onistonga qo'shimcha 4000 ta askar jo'natadi. Bu Tolibonga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadiga yo'naltirilishi aytilmoqda.

Ammo askarlarni jo'natish bo'yicha hali so'nggi qaror berilgani yo'q, deydi manba. Bu haqda rasmiy bayonot kelasi hafta chiqishi mumkin.

Hafta boshida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Prezident Donald Tramp Afg'onistonga jo'natiladigan AQSh askarlari sonini belgilash vakolatini Mudofaa vaziri Jim Mattisga topshirgan.

Mattis Senatda o'tgan tinglovda Afg'onistonni barqarorlashtirish jarayonida AQSh kurashni boy berayotganini aytgan. Shuningdek, iyul o'rtalarigacha Oq uy Afg'oniston bo'yicha yangi strategiyasini e'lon qilishi kutilyapti.

Mattis harbiy tayyorgarlikni mustahkamlash uchun Kongressdan yangi byudjetni ma'qullashni so'ragan.

Mudofaa vaziri Afg'onistondagi ishni oxirigacha yetkazish lozimligini ta'kidlagan. Unga ko'ra, AQSh va uning iqtisodiyoti uchun tahdidlar "nazoratsiz hududlar"dan kelib chiqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG