Breaking News

AQSh: Liviyadagi muxolif guruhlar birga ishlashi kerak


AQSh harbiylari Afrikada tinchlik o'rnatishga urinmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:17 0:00

AQShning Afrika bo’yicha bosh harbiy qo’mondoni general Tomas Voldxauser “Amerika Ovozi” bilan muloqotda aytishicha, Liviyada tinchlikka erishish ikki hukumatni birlashtirishni talab qiladi. Barqarorlikni ta’minlash uchun harbiy e’tiborni kuchaytirish kerak. Qo’mondonlik ayni damda qit’adagi yetti davlat bilan mashqlar olib bormoqda.

Liviya - siyosiy bo’hronlar makoni. Tartibsizlik, qonunsizlik, shafqatsizlik, mas’uliyatsizlik bu jamiyatda normal holat. Rasmiy hukumat faqat poytaxt Tripolini nazorat qiladi xolos. Sharq esa general Xalifa Haftar qo’lida. Hokimiyat uchun kurashayotganlar ko’p.

Myunxenda o’tgan xavfsizlik anjumanida so’zlar ekan, AQShning Afrikadagi harbiy qo’mondoni Tomas Voldxauser Liviyada siyosiy tarqoqlikka barham berish kerak, dedi.

“General Haftar va uning qurolli kuchlari bilan muzokara qilmay iloj yo’q. Mamlakatni birlashtirmay u yerda qonun ustuvorligini ta’minlash mumkin emas. Siyosiy yechimlar haqida gapirib charchadik”, - deydi u.

General Haftar va uning kuchlari Liviyadagi asosiy neft quduqlariga xo’jayin. Yaqinda Liviya hukumati va Rossiyaning “Rosneft” korporatsiyasi bir necha milliard dollarlik bitim ustida kelishdi.

Moskva Liviya bilan hamkorlikni oshirib, o’z ta’sirini kuchaytirmoqchi. General Haftarni yaqindan quvvatlamoqda. G’arb esa Tripolidagi rahbariyat tarafida. Kreml bilan gaplashish kerak, deydi general Voldxauser.

“Maqsad tinchlikka erishish bo’lsa, barcha tomonlar bilan muzokara olib borish kerak, jumladan, Rossiya bilan ham. Murosaga erishish oson bo’lmaydi, lekin bu yagona yo’l”, - deydi u.

AQSh Liviyada “Islomiy davlat” terror guruhi qo’rg’onlarini havodan nishonga olgan.

Bu amaliyotlar uchun mas’ul qo’mondonlik uchun terrorizmga qarshi kurash birinchi o’rinda. Afrika mamlakatlari bilan bu borada hamkorlikni kengaytirmoqda.

Nigeriya mintaqadagi eng yirik sherik. AQSh u bilan razvedka va kontrterrorizm bobida yaqindan ishlaydi. “Boko Haram” Nigeriya uchun asosiybalo.

Nigeriya general-mayori Bagagana Monguno fikricha, biror terror guruhini mintaqaviy va xalqaro hamkorliksiz yo’q qila olmaysiz.

“Liviyada Qaddofiy hokimiyatdan ag’darilgach, kuchlar orasidagi muvozanat buzilib, qurollar va jangarilar janub tomon ketdi. Bu esa bizning hayotimizga qattiq ta’sir qilib, tahdidni oshirdi. Biz azob chekayapmiz hozir”, - deydi u.

Biroq Nigeriya ham oppoq emas. Tuzum qonun va huquqni poymol etib tanilgan. Rahbarlar o’zgarsa ham, huquqbuzarlik darajasi pasaymaydi. AQSh Nigeriya harbiylari va butun hukumatni qonunni e’zozlashga undamoqda.

“Jang maydonidagi shart va sharoit bizga ma’lum. Harbiylarni treningdan o’tkazar ekanmiz, inson huquqlarini hurmat qilish uzviy talab ekaniga urg’u beramiz. Adliya tizimi mustaqil bo’lishi va davlat organlari ishini sidqidildan bajarishi lozim”, - deydi Voldxauser.

“Flintlok operatsiyasi” deb atalgan harbiy mashqlar Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikaning 20 davlatidan 2000 zobitni bir joyga to’playdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG