Breaking News

AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi


AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi
AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi

Qo’shma Shtatlar qurg’oqchilikdan azob chekayotgan sharqiy Afrikaga yana 17 million dollar ajratadi.

Shundan 12 millioni Somali uchun. Ochlik va kasalliklar bu davlatda minglab odamning yostig’ini quritgan.

AQSh mintaqaga hozirgacha 580 million dollar miqdorida mablag’ ajratdi. Davlat kotibasi Xillari Klinton Afrika sharqidagi bugungi ahvolni “mislsiz inqiroz” deya ta’riflaydi.

Gumanitar yordam 4,5 million inson hayotini saqlab qoladi.

Somali davlati so’nggi 10 yilda bunaqangi qurg’oqchilik bilan yuzlashmagan. Ikki million kishi non-suv izlab, uy-joyini tark etgan.

AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi
AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi

Qahatchilikka yetaklovchi tabiiy ofatlar region uchun yangilik emas.

Xillari Klintonning aytishicha, buning oldini olish mumkin. Bilim, vosita va resurslar yetarli. Iroda kerak, xolos.

“Fojia takrorlanmasin desak, harakatni hozirdan boshlaylik”, - deydi Klinton.

Qo’shni Keniya va Efiopiyada vaziyat oldingi yillarga qaraganda nisbatan yaxshi, bu ham bo’lsa hukumat kichik ferma va xo’jaliklarni rivojlantirish dasturini yo’lga qo’ygani hisobiga.

Klinton so’zlariga ko’ra, bu dastur natijasida bugun 7,6 million podachi va fermerlar o’zini va oilasini boqa olayapti. Ular tashqi ko’makka muhtoj emas.

AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi
AQSh Afrika davlatlariga yana 17 million dollar ajratadi

Tanqidchilar nazarida esa oziq-ovqat dasturi aholining katta qismini hukumatga tobe qilib qo’ydi. Hatto siyosiy qurol sifatida qo’llanilmoqda.

Efiopiyalik tahlilchi Javar Muhammad deydiki, hukmron partiya o’z safini kengaytirish uchun undan foydalanmoqda. Ya’ni, partiyaga qo’shilsangiz, sizga yegulik berishadi.

Shunday bo’lsada, dehqonchilikni rivojlantirishga bel bog’lagan Afrika hukumatlariga AQSh 5 million dollar ko’mak va’da qilmoqda.

Obama ma’muriyati boshqa donor davlatlarni ham va’dani bajarishga, muhtojlarga yordam qo’lini cho’zishga chaqiryapti.

XS
SM
MD
LG