Breaking News

AQSh qonunchisi hukumatni Afrikada faol bo'lishga chaqirmoqda


Keyptaun, Janubiy Afrika
Keyptaun, Janubiy Afrika

AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Ed Roys Tramp ma’muriyatini ochlik, siyosiy beqarorlik, terrorizmga yuz tutayotgan Afrikada faol bo’lishga chaqirmoqda.

Dunyodagi 10 eng tez rivojlanayotgan mamlakatlarning uchtasi bu qit’ada joylashgan. Respublikachi qonunchiga ko’ra, Afrikada AQSh mahsulotlari uchun bir milliard xaridorlik bozor bor.

“Afrika bilan munosabatlarimiz AQSh strategik manfaatlariga javob beradi. Qit’aning gumanitar ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik manfaatlarimizni ham olg’a surishimiz mumkin”, - deydi kongressmen.

Xitoyning Afrikadagi faolligi AQShni xavotirga solmoqda.

“So’nggi xabarlarga ko’ra, Xitoy qit’a tarixida eng katta sarmoya kiritgan mamlakat. Amerika chetda qarab tura olmaydi”, - deydi Ed Roys.

2016-yilda Kongress Afrikani elektrlashtirishga doir loyihalarni kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilgan edi. Amerikaning qit’a bilan savdosi va sarmoyalarni oshirishga doir qonunning amal qilish muddati ham uzaytirildi.

"Efiopiya, Keniya, Mavritaniya, Lesoto, Svazilend kabi mamlakatlar bu qonundan unumli foydalanib, Amerika bozoriga chiqishga muvaffaq bo’ldi”, - deydi janubiy afrikalik tadbirkor Mark Goliaf.

Ayrim tahlilchilarga ko’ra, Afrika mavqeini kuchaytirishi zarur.

“Hukumatlar do’st orttirishga harakat qilmaydi. Ular manfaatlarini himoya qilish va olg’a surish maqsadida hamkorlar, ittifoqchilarga muhtoj. Afrikaliklar Fransiyani, Amerikani, Xitoyni do’stimiz deb keladi. Ammo aslida hammasi bizdan foydalanmoqda”, - deydi Xovard universitetida Afrikashunoslik fakulteti rahbari Muhammad Soliu Kamara.

Uning aytishicha, Afrika mamlakatlari Tramp ma’muriyati bilan o’zgacha muloqot qilishi kerak.

"Donald Tramp tadbirkor va Amerika prezidenti. U bilan biznes tilda gaplashish lozim. Xitoy bilan ham biznes tilda gaplashish zarur”, - deydi tadqiqotchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG