Breaking News

AQSh yetakchi diplomati Tojikiston va O'zbekistonga yo'l olmoqda


Mayk Xammer (chapdan) Davlat departamenti xodimlari bilan
Mayk Xammer (chapdan) Davlat departamenti xodimlari bilan
AQSh Davlat kotibining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha muovini Mayk Xammer (Mike Hammer) 7-15 aprel kunlari Tojikiston va O'zbekistonda bo'ladi.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:57 0:00
Yuklab oling

Tashrifdan asosiy maqsad - jurnalistlar, fuqaro jamiyati a'zolari va yoshlar bilan muloqot qilish. Diplomat albatta yuqori lavozimli rasmiylar bilan ham muzokaralar olib boradi.

Qo'shma Shtatlar Markaziy Osiyoda nafaqat hukumatlar balki omma bilan ham bog'lanib, ularning fikri va dardini tinglashni istaydi, deya bildiradi Davlat departamenti.

Dushanbeda Mayk Xammer kommunikatsiya va tashqi ishlar vazirliklari rasmiylari bilan gaplashadi. Matbuot va internet erkinligiga urg'u beriladi.

Toshkentda esa janob Xammer oshkoralik va matbuot erkinligi xususida anjumanda qatnashadi. Tadbir jurnalistlar, davlat idoralari matbuot kotiblari va parlament a'zolarini bir joyga to'playdi.

Shundan keyin diplomat "Facebook" orqali muloqot o'tkazadi hamda mustaqil jurnalistlar bilan alohida davra suhbatida bo'ladi.

Obama ma'muriyatining qayd etishicha, Vashington O'zbekiston bilan xavfsizlik yuzasidan hamkorlikni oshirgani va Afg'oniston bobida yaqindan ishlayotgani inson huquqlari va demokratiya targ'iboti chetda qoldi degani emas.

Amerika O'zbekistonda huquq muntazam ravishda buzilishi, oshkoralik yetishmasligi, so'z va matbuot erkinligi ta'minlanmagani, asossiz ayblovlar bilan minglab odamlar qamoqda o'tirgani haqida yillik hisobotlarda bayon qilib, bu muammolarni respublika rahbarlari bilan muzokaralarda tinimsiz ko'tarib keladi, deydi Davlat departamenti vakillari.

AQSh-Markaziy Osiyo, O'zbekiston, huquq va demokratiya/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:10 0:00
Yuklab oling

O'zbekiston va inson huquqlari, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:44 0:00
Yuklab oling

AQShning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol bilan suhbat/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:04 0:00
Yuklab oling

O'zbekiston-AQSh: Kongressmen Rorabaker bilan suhbat/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:17 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG