Breaking News

AQSh Senati 2015-yil byudjetini tasdiqladi


AQSh Senati bir necha kunlik muhokamalardan so'ng 2015-yil davlat byudjetini qabul qilib, hukumat yopilishining oldini oldi. 1,1 trillion dollarlik byudjet endi Oq uyga Prezident Barak Obama imzosi uchun yuboriladi.

AQShda moliya yili oktabrda boshlanadi. Yangi byudjet hukumat faoliyatini kelasi yil oktabrigacha moliyalaydi, ammo Ichki xavfsizlik vazirligi uchun pul 27-fevralgacha ajratilgan, xolos. Respublikachi qonunchilar prezidentning immigratsiya islohotiga doir farmonini bekor qilishga erishmoqchi. Ular hujjatsiz muhojirlarning AQShda qolishiga qarshi.

Byudjet loyihasi Vakillar palatasida payshanba kuni tasdiqlangan.

Senat mudofaa xarajatlari uchun 585 milliard dollarni ko'zlovchi qonunni ham qabul qildi. Unda AQShning xorijdagi harbiy amaliyotlari, jumladan Afg'oniston va Iroq uchun 64 milliard dollar ajratiladi. "Islomiy davlat"ga qarshi kurash, Suriyada mo'tadil muxolifatni qurollantirish ham shu pul hisobiga bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG