Si-Bi-Si – Kanada teleradiokompaniyasi xabariga ko’ra, Kanada hukumati Amerika razvedkasiga 2010-yilgi yirik xalqaro anjumanlarni yashirincha kuzatishga ruxsat bergan.
Gap Katta Sakkizlik va Katta Yigirmalik sammitlari haqida ketayapti.
Matbuot AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi, vatanida xoinlikda ayblanayotgan Edvard Snouden uzatgan hujjatlarga asoslanib xabar beradi.
Qo’shma Shtatlar, xususan, Ottavadagi elchixonadan razvedka qarorgohi sifatida foydalangan va Kanada maxfiy xizmati bilan hamkorlik qilgan.
Amerika razvedkasi Germaniya va Braziliya kabi ittifoqchilar ketidan ham zimdan kuzatgani haqidagi xabarlar xalqaro janjalga sabab bo’lgan edi.