Xitoy AQSh hukumati harakatlariga javoban Qo’shma Shtatlarga Chendu shahridagi konsulligini yopishni buyurdi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, bu AQShning Xyustondagi Xitoy konsulligini yopish talabiga mos javobdir.
“AQSh xalqaro qonunni, xalqaro aloqalar normalarini, AQSh-Xitoy o’rtasidagi konsullik konvensiyasini qo’pol ravishda buzdi. Xitoy chorasi AQShning bu mantiqsiz harakatiga qonuniy va zarur javobdir”, - deydi vazirlik rasmiysi.
AQShning Xitoyda beshta konsullik idorasi bor. Oltinchisi Gonkongda. Bungacha Xitoy Amerikaning Uxandagi konsulligini yopadi deya taxmin qilingan edi. Koronavirus pandemiyasi boshlangan paytda AQSh Uxandan diplomatlarini chiqarib olgan.
Facebook Forum