AQSh Kongressi Vakillar Palatasi valyutasini sun’iy ravishda kontrol qilayotgan davlatlar, jumladan, Xitoyni jazolovchi qonun loyihasini ma’qullagan. Xitoy nazarida bu chora bois oraga sovuqchilik tushishi aniq.
Prezident Barak Obamaning aytishicha, Xitoy milliy valyutasi, yuan qachon qarama arzon bo’lib turavergani sabab AQSh zarar ko’rmoqda.
O’rtada savdo muvozanati buzilgan.Yil boshidan beri Amerika savdo defitsiti 145 milliard dollarga yetgan va yuan masalasi bunga hissa qo’shgan.
Amerika qonunchilarining da’vosi shuki, rasmiy Pekin yuan qiymatini atayin past ushlab turmoqda. Shunda Xitoyda ishlangan mahsulot dunyoning boshqa tovarlariga qarganda hamisha arzon. Buning oqibatida Amerika millionlab ish o’rinlarini qo’ldan boy bergan.
Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosining aytishicha, AQSh-Xitoy savdo kamomadi oxirgi 20 yilda keskin oshgan.
“20 yil oldin savdo defitsiti yiliga 5 milliard atrofida edi. Hozir haftasiga 5 milliard dollarni tashkil etmoqda”, - deydi Pelosi.
“Xitoy mahsuloti arzon va shunisi bilan jozibali bo’lishi mumkin”, - deydi demokrat qonunchi Tim Rayan. Ammo oqibatda Amerika ishchilari, bizneslar zarar ko’rmoqda. Amerika mahsuloti pand yemoqda, deydi u.
Hujjat ta’sirida AQSh Tijorat vazirligi valyutasi sun’iy ravishda arzon holda ushlab turgan davlatlar mahsulotiga tariflarni, soliqlarni oshiradi.
Xitoy Markaziy banki yuan nazoratini yumshatishga va’da berib keladi, ammo o’zgarish juda sust.
AQSh Senati shu kabi loyihani noyabrda ovozga qo’yadi. Tasdiqlansa, prezident Barak Obamaga imzo uchun oshiriladi.