Breaking News

AQSh Xitoyni xakerlik uchun jazolashi mumkin


Qo'shma Shtatlar Xitoyni kiber-josuslikda ayblar ekan, bu davlatning ayrim fuqarolari va kompaniyalariga nisbatan sanksiya qo'llashi mumkin. "Vashington Post" gazetasining xabar qilishicha, Oq uy hali bir qarorga kelmagan.

Prezident Obamaning 1-aprelda imzolagan farmoniga ko'ra, AQSh Savdo vazirligi adliya vaziri va davlat kotibi bilan kelishib, moliyaviy foyda olish maqsadida Amerika idoralari kompyuter tizimiga hujum qilgan tashkilot yoki shaxslar mulkini muzlatib, xalqaro moliyaviy tizimi orqali o'tkazmalariga to'siq qo'yishi mumkin.

Fevral oyida federal darajada maxsus agentlik tashkil etilib, unga mamlakat kiber-xavfsizligiga tahdidlarni o'rganish vazifasi yuklangan.

Vashington Pekinni xakerlikda ayblab keladi, biroq Xitoy hukumati barcha ayblovlarni inkor etadi. May oyida Amerika kompaniyalariga qarshi iqtisodiy josuslikda besh xitoylik harbiy ofitser ayblangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG