Breaking News

Xitoylik faol qayerda?


Chen Guanchen haqida "Vashington Post" da chiqqan maqoladan parcha
Chen Guanchen haqida "Vashington Post" da chiqqan maqoladan parcha

Xitoyda dissident Chen Guanchen uy qamog'idan qochgach, rasmiy Pekin Qo'shma Shtatlarni bunda ayblab, aloqalar bir oz taranglashgan. AQSh Xitoyga Kurt Kempbellni yuborgan. Davlat kotibi muovini kecha Pekinga borib, Chen masalasi xususida gaplashmoqchi.

Ko'zi ojiz dissidentning qayerdaligi ma'lum emas, biroq Xitoy nazarida u AQShning Pekindagi elchixonasida jon saqlamoqda.

Chen juma kuni qochgan. O'sha kuni uning akasi va jiyani hibsga olingani ma'lum. Rafiqasi, qizi va onasi esa uy qamog'ida. Nazorat kuchaytirilgan.

Huquqshunos Chen Xitoyda oila hajmini nazorat etishga qaratilgan siyosatga doir ma'lumotlarni to'plab borgani uchun to'rt yilni panjara ortida o'tkazib, 2010-yil sentabridan beri uy qamog'ida saqlanayotgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG