Bugun Vashingtonda AQSh-Xitoy o’rtasida strategik va iqtisodiy muzokaralarning yakuniy davrasi bo’lib o’tmoqda. Tomonlar atmosferani ifloslaydigan gazlarni kamaytirishga kelishib olgan. Bugungi uchrashuv kun tartibida asosan iqtisodiyot.
Har yili vazirlar darajasida o’tadigan muzokaralar Vashington va Pekinga hamkorlikka doir barcha bahsli masalalarni muhokama qilib, orani ochiq qilib olish imkonini beradi.
AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden deydiki, Xitoy kiber-qaroqchilikni bas qilib, birovning intellektual mulkiga ko’z olaytirmasligi kerak. Hisob-kitoblarga qaraganda, xitoylik xakerlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday jinoyatlardan AQSh har yili milliardlab dollar ziyon ko’radi.
O’zaro manfaatlar haqida so’zlagan Jo Bayden inson huquqlari va iqtisodiy islohotlar singari nozik mavzularni ham chetlab o’tmadi. Bu borada tafovutlar bor, deya tan oladi vitse-prezident, ammo Xitoy shuni yodda tutsinki, xalqaro huquq normalariga hurmat - barqarorlik va taraqqiyotning muhim omili.
Yopiq eshiklar ortida o’tgan yuzma-yuz muloqotda Davlat kotibi Jon Kerri ham AQSh xavotiriga sabab bo’lgan konkret holatlarga to’xtalgan.
Xitoy Davlat maslahatchisi Yang Jiechi huquq va erkinliklar borasida gaplashishga qarshi emas, lekin bunday muloqot tenglik va o’zaro hurmat asosida o’tishi kerak, deydi u. Vitse-premyer Vang Yangning ta’kidlashicha esa, Xitoy o’z siyosiy tizimiga raxna soladigan tavsiya-maslahatlarga amal qilmaydi.
Tahlilchi Skott Kennediga ko’ra, Kommunistik partiya siyosiy reformalarga moyil emas.
“Yangi rahbarlar iqtisodiy islohotlarga nisbatan progressiv yondashayotgan bo’lishi mumkin, ammo siyosiy tizimni o’zgartirishga xohish yo’q”, - deydi u.
Xalqaro huquq tashkilotlari Obama ma’muriyatini Xitoydagi inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat, xususan siyosiy dissidentlar, so’z erkinligi va Tibetdagi ahvol haqida ochiq gapirib, bu davlatni sharmanda qilishga chaqirgan edi.
Iqtisodiy jabhada ham kelishmovchiliklar yo’q emas. AQSh Xitoyni o’z milliy valyuatsi yuan qiymatini sun’iy ravishda pasaytirib, eksport hajmini oshirayotganlikda ayblaydi. Ittifoqchilar bir-biriga bozorini ochmayotgani, xorijiy sarmoyani cheklayotgani ham doimiy tanqidlardan.
Qo’shma Shtatlar kiber-xurujlar masalasida ayniqsa qattiq turib olgan. Shu darajadaki, agar Xitoy chora ko’ra aloqalarga putur yetishi aniq, deydi diplomatlar. AQSh rasmiylarining da’vo qilishicha, global tarmoqda AQShning harbiy va biznes sirlarini o’g’irlashga qaratilgan keng qamrovli kampaniya ketmoqda va bu harakat ortida Xitoy turibdi.
Rasmiy Pekin ayblovlarni inkor etib, biz o’zimiz ham xakerlar qurbonimiz deya ta’kidlamoqda. AQShdan qochgan kompyuterchi Edvard Snouden fosh etgan ma’lumotlardan bilamizki, AQSh razvedkasi barcha mamlakatlarda, jumladan Xitoyda maxfiy kuzatuv olib borgan, deydi Xitoy rasmiylari.
Oq uyning bildirishicha, razvedka uchun ma’lumot to’plash boshqa, o’zga davlatlarning intellektual mulkini o’zlashtirishga urinish boshqa narsa.
Ammo Xitoy nazarida, deydi tahlilchilar, orada hech qanday farq yo’q.