Breaking News

AQSh Xitoyga qo'shimcha tarif qo'ymoqchi


Tramp ma’muriyati Xitoyga qo’shimcha tarif qo’yishga hozirlanmoqda. 10 foizlik soliq Xitoyda ishlangan va umumiy qiymati 200 milliard dollarga teng minglab mahsulotlarga qo’yiladi.

Bular orasida oziq-ovqat mahsulotlari, tamaki, kimyo mollari, po’lat, ko’mir, alyuminiy, avtomobil pokrishkalari, mebel, chorva uchun yem, gilamlar, velosiped, sumka, chemodan, baliq va hatto tualet qog’ozi bor.

Yaqinda Oq uy ma’muriyati Xitoyni g’irrom savdo faoliyati va intellektual mulkni o’g’irlashda ayblab, uning 34 milliard dollarga teng 800 dan ortiq mahsulotlarini 25 foizlik boj bilan siylagan edi. Pekin bunga javoban o’xshash choralar ko’rgan.

Tramp ma’muriyatining Xitoyga qarshi so’nggi harakati jahon qimmatbaho qog’ozlar bozorida salbiy aks-sado berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG