Qo’shma Shtatlar Xitoy tomonidan intellektual mulk huquqlarining buzilishi haqidagi da’volarni tergov qilishga kirishar ekan, Pekin iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishini bildirdi.
Dushanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp savdo vakiliga masalani tergov qilishni buyurdi. Unga ko’ra, Xitoy Amerika texnologiyalarini o’g’irlamoqda, intellektual mulkni o’zlashtirmoqda.
Gap, xususan, Xitoy hukumatining ichki bozorga kirmoqchi bo’lgan Amerika kompaniyalariga texnologik sirlarini oshkor etishni talab qilayotgani haqida ketmoqda.
Xitoy Savdo vazirligining bildirishicha, Vashington xalqaro savdo qoidalarini buzib, ikki tomonlama iqtisodiy va savdo aloqalariga zarar yetkazishga harakat qilsa, Pekin jim qarab turmaydi.
Tramp e’tiroziga ko’ra, AQSh Xitoy bilan savdoda doim kamomadga uchraydi. Xususan, 2016-yilda kamomad 347 milliard dollarni tashkil etgan, joriy yilda ham o'xshash manzara kuzatilmoqda.
Facebook Forum