Xitoy va Qo’shma Shtatlar o’rtasidagi savdo aloqalari yana taranglashmoqda. Ikki davlat bir-biridan shikoyat qilib, Jahon savdo tashkilotiga murojaat qildi. Prezident saylovlari yaqinlashar ekan, nomzodlar Xitoyga e’tiborni kuchaytirmoqda.
Prezident Barak Obama va uning respublikachi raqibi Mitt Romni Xitoy bilan savdo aloqalari yuzasidan qat’iy fikr bildirmoqda.
Obama Xitoy hukumatini avtomobil sanoatiga subsidiyalar ajratayotganlikda ayblab, Jahon savdo tashkilotiga shikoyatnoma yubordi. Prezident respublikachilarning “Oq uy Pekinning adolatsiz savdo amaliyotiga nisbatan hech narsa qilmayapti” degan tanqidini ham asossiz dedi.
Pekin subsidiyalangan tovarlariga boj to’lovlarini qo’llashga doir AQShda qabul qilingan yangi qonunga e’tiroz bildirib, Jahon savdo tashkilotiga o’z arznomasini yo’lladi.
“Tomonlar kelishmovchiliklarni tegishli ravishda, bir-biriga hurmat asosida hamda o’zaro manfaatli ravishda muloqot va maslahatlar orqali hal etishi lozim. Masalaning yuqori siyosiy darajaga olib chiqilishiga qarshimiz,” - deydi bu borada Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xon Li.
Xitoy Savdo vazirligi Vashingtonning saylovoldi o’yinlari qurboniga aylanayotganini aytadi.
Biroq tahlilchilar fikricha, ikki mamlakat iqtisodi bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekan, siyosatni savdodan ajratish qiyinlashmoqda. Ayniqsa, AQShda iqtisodiy ahvol og’ir qolayotgan bir davrda.
“Qo’shma Shtatlarda respublikachilar va demokratlar orasida tashvish va xavotirlar kuchli. Asosiysi - Xitoy bilan qanday ish yuritish kerak degan masala,” – deydi iqtisodchi Patrik Xovanets.
Bundan bir necha yil avval Xitoy bilan savdoga doir munozaralar amerikaliklar uchun tashqi siyosatdagi mavhum masalalardan biri edi. Endi esa Amerikada ish o’rinlari va farovonlikni bevosita belgilaydigan omil sifatida ko’rilmoqda. Bunday bog’liqlik ketidan shikoyatlarning ko’payishi tabiiy, deya fikr bildiradi iqtisodchi Xovanets:
"Obama ma’muriyati tanlagan ayrim choralar boshqalariga qaraganda samaraliroq bo’ldi. Xitoy xom-ashyosiga subsidiyalar ajratish va Amerika filmlarining Xitoy bozoriga kirishiga to’siq qo’yishga oid qonun-qoidalarning foyda bergani aniq. Ular Xitoy bozorlariga yo’l ochib berdi. Avtomobil shinalariga tarif joriy etish kabi choralar esa Amerika po’lat sanoatini qo’llab-quvvatlash maqsadida qo’llangan bo’lib, ramziy bir qadam edi, xolos. Siyosiy ma’nodagi choralar ham bor”.
Prezident Obama Jahon savdo tashkilotiga Xitoy ustidan so’nggi bir necha oyda ikkinchi bor arz qilishi. Ayniqsa, avtosanoat bilan bog’liq shikoyatning Ogayo shtati bo'ylab saylov kampaniyasi safari chog’ida yo’llanishi avtomobillar ishlab chiqaradigan bu shtatda 6-noyabr kungi saylovda izsiz qolmasligi shubhasiz.
Iyul oyida Obama Xitoyni AQShning uch milliard dollarga teng avtomobillar eksportiga adolatsiz ravishda boj to’lovi solgani uchun nishonga olgan edi. So’nggi shikoyat esa Xitoy hukumatining avtomobillar va ehtiyot qismlari eksportini bir milliard dollar hajmda subsidiyalashtirganiga oid.