Xitoy AQShdan keladigan bir qator mahsulotlarga, jumladan, cho'chqa go'shti va mevalarga 25 foizgacha boj solinishini e'lon qildi. Ularning qiymati 3 milliard dollarni tashkil etadi.
Xitoy Moliya vazirining 1-aprel kuni aytishicha, bu choralar AQShning po'lat va alyuminiyga e'lon qilgan tariflariga javoban amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Savdo vazirligi alohida bayonot chiqarib, Pekin Jahon Savdo tashkiloti oldidagi 120 AQSh mahsulotiga tariflarni kamaytirish majburiyatini ortiq bajarmasligini va ularga boj miqdori yana 15 foizga oshirilishini e'lon qildi.
Pekin va Vashington o'rtasida savdo munosabatlari buzilar ekan, har ikki tomon bir-biriga qarshi import bojlarini oshirish harakatiga tushgan.
Iqtisodiy tahlilchilarning aytishicha, bu choralarning ta'siri qisqa muddatda uncha sezilmaydi, ammo savdo urushi avj olsa, bu global savdo va iqtisodiy o'sishni depressiyaga tushirishi mumkin.
Bu orada AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoyni qo'shimcha 50 milliard dollarlik savdo bojlari bilan jazolash niyatida. Trampga ko'ra, Xitoy AQShning intellektual mulklarini o'g'irlab, mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. Pekin bu ayblovlarni inkor qiladi.
Facebook Forum