Breaking News

AQSh va Xitoy savdo bobida sakkizinchi bor muzokara qiladi


Vashingtondagi muzokara paytida
Vashingtondagi muzokara paytida

Xitoy bilan savdo masalalarida kelishishga harakat qilayotgan AQSh muzokarachilari muzokaralarning navbatdagi davrasida qatnashish uchun Pekinga yo’l olmoqda. Muloqot 28-mart kuni boshlanadi. Ayrim to’siqlarga qaramay, har ikki taraf savdo bitimi bo’yicha kelishuvga oz qolganini aytadi.

AQSh va Xitoy o’tgan yili bir-birini milliardlab dollarga teng tariflar bilan siylashi natijasida bozorlar, ikki taraf shirkatlari va xaridorlar zarar ko’rdi.

AQSh prezidenti chekinish ustida o’ylayotgani yo’q.

“Tariflar ma’lum muddat kuchda bo’ladi. Ungacha Xitoy bilan kelishib olishimiz kerak”, - dedi Donald Tramp.

Shu kungacha AQSh va Xitoy muzokarachilari yetti bor uchrashdi. Shu hafta muzokaralarning sakkizinchi davrasi bo’lib o’tadi.

Muloqot yaxshi ketmoqda, ammo quvonchga hali erta, deydi tahlilchilar.

“So’nggi pallada qaysi bozorlarni ochish kerakligi xususida gaplashilsa kerak. Shuningdek, Xitoy bitim shartlariga amal qilmasa, AQSh qanday choralar ko’rishi ham muhokama etiladi”, - deydi Vashingtondagi Brukings institutidan Deyvid Dollar.

AQSh nazarida, Xitoy hukumati ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy tomondan quvvatlashi, savdo amalini bozor talabiga ko’ra qilmayotgani muammo.

“Xitoy yopiq bozori, intellektual mulkni o’g’irlayotgani, Amerika kompaniyalaridan texnologiyalarini oshkor etishni talab qilayotgani, nafaqat Amerika, balki boshqa xorijiy kompaniyalarning o’z bozoridagi faoliyatini cheklovchi qoidalari kabi muammolarni hal etishi zarur”, - deydi Amerika tadbirkorlik institutidan Klod Barfild.

Muzokaralarda Pekin bozorini AQSh shirkatlariga kattaroq ochishga rozi bo’ldi, biroq sanoatdagi josuslikni o’z bo’yniga olmayapti

Aprel boshida Xitoy bosh vazirining o’rinbosari Lyu Xe yetakchiligidagi delegatsiya muzokaralarni Vashingtonda davom ettiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG