Breaking News

AQSh Kongressi urush e'lon qilish vakolatini qayta qo'lga olmoqchi


AQSh Senati
AQSh Senati

AQSh qonunchilari Amerika prezidentlariga xorijda Kongress ruxsatisiz urush boshlashga vakolat beruvchi qonunni salkam 20 yilda ilk bor qayta ko’rib chiqmoqda.

Xalqaro hayot – 25-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:53 0:00

“20 yil davomida prezident ma’muriyatlari turli mamlakatlarda bir-biriga arang bog’liq bo’lgan guruhlarga qarshi harakat qilish uchun ushbu qonun matnini o’zicha talqin qilib keldi. Mazkur jarayon davomida urush va tinchlik masalasini hal qilishdek fundamental vazifaga ega Kongress chetda qolib ketdi”, - deydi Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Gregori Miks.

AQSh Konstitutsiyasiga ko’ra, urush e’lon qilish vakolati Kongress zimmasida, ammo 2001 va 2002-yillarda qabul qilingan qonun prezidentlarga xorijda harbiy harakat boshlash vakolatini bergan.

“So’nggi paytda prezidentlar bu masalada yolg’iz harakat qilmoqda va Kongressga harbiy rejalari haqida kam ma’lumot beryapti. Prezidentlar va ularning huquqshunoslari o’z harakatlarini 20 yillik qonunga asoslamoqda. Biz qo’l qovushtirib o’tirsak, natijasiga hayron bo’lmasligimiz kerak”, - deydi demokrat qonunchi Jim Makgovern.

Oy boshida AQSh va Eron o’rtasida ziddiyatlar yangilanishi ketidan urush boshlash vakolati masalasida munozaralar jonlanib ketdi. Oq uy vakolat doirasini qisqartirishga tayyor ekanini Kongressga bildirmoqda.

“Yangi qonunda urush uchun pulni kesish va harbiy harakatlar muddatini qisqaroq qilish kabi choralar bo’lishi kerak. Agar prezident va ijroiya hokimiyat vakillari Kongressdan bu harakatlari uchun ruxsat ololmasa, pulni to’xtatib qo’yish lozim”, - deydi Kardozo huquqshunoslik maktabi professori Rebekka Ingber.

Urush vakolatlarini cheklashga qaratilgan harakatlar har ikki partiyadan saylangan prezidentlar e’tiroziga uchradi. Ayniqsa respublikachilar nazarida, bunday holat AQShning terror tahdidlariga javob berish salohiyatini cheklab qo’yadi.

“Hammamizning maqsadimiz bir, shunchaki ushbu maqsadga erishish yo’llarida farq bo’lishi mumkin. “Abadiy urushlar” haqidagi gaplarni beparvolik bilan tilga olishdan qochishimiz kerak, aks holda hozirgi aksilterror harakatlarimiz noqonuniy va keraksizdek bo’lib qoladi”, - deydi respublikachi kongressmen Maykl Makkol.

Jo Bayden senatorlik paytida prezidentlarning urush vakolatiga doir qonun ustidan Kongress nazoratini kuchaytirishga harakat qilgan edi. Hozir u Oq uyda ekan, Kongress eng muhim vazifalardan birini qayta nazoratga olish imkoniga ega. Qonunni bekor qilishga qaratilgan harakatlar Senatda boshlab yuborilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG