Breaking News

AQShda koronavirus tarqalishining iqtisodiyotga salbiy ta’siri muhokamada


us coronavirus
us coronavirus

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni mingga yetarkan, Prezident Donald Tramp bundan xavotirga tushayotgan amerikaliklarni tinchlantirishga harakat qilmoqda. Virus tarqalishining iqtisodiyotga salbiy ta’siri muhokamada. Muxolif demokratlar prezidentni layoqatsizlikda ayblamoqda.

“Prezident koronavirus tarqalishiga qarshi jiddiy chora ko’rmayotganidan tashvishdamiz. Bu esa ijtimoiy inqirozni hal etishga qaratilgan harakatlarga pand bermoqda, fond birjalari zarar ko’ryapti. Tamomila layoqatsizlik”, - deydi demokratlarning Senatdagi sardori Chak Shumer.

Oq uyda koronavirusga qarshi tuzilgan jamoaga ko’ra, mamlakat bo’ylab tibbiy ko’rik markazlari uyushtirilmoqda.

“Barcha shtatlardagi laboratoriyalarda bunga sharoit bor. Hafta oxirigacha 4 million odam ko’rikdan o’tishi rejalangan”, - deydi vitse-prezident Mayk Pens.

Koronavirus 1,6 trillion dollarlik sayohat sanoatini ayniqsa qattiq urgan. Ba’zi odamlar bemorlik bo’yicha ta’tilni o’z hisobidan olish ustida o’ylanmoqda. Tramp ma’muriyati xalqning og’irini yengil qilishga qaratilgan ayrim choralarni e’lon qildi. Ammo demokratlar soliqlarning kamaytirilishi noyabrda bo’ladigan prezident saylovlaridan so’ng kuchga kirishini tanqid qilmoqda.

“Sog’liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish kerak. Soliqlarni kamaytirganimiz bilan muammolar o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi deb o’ylamaslik kerak”, - deydi kongressmen Donna Shalala.

Ayrim qonunchilar poytaxt Vashingtondagi idoralarini yopmoqda. Ammo Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Kongress boshqa joyga ko’chmasligini bildirdi.

“Hamma joyda bepul ko’rikdan o’tish imkoniyati bo’lishi kerak”, - deydi senator Shumer.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG