Breaking News

AQShning koronavirusga qarshi xalqaro strategiyasi hozircha mavhum


Yanvar oyida Bayden ma’muriyati Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining “KOVAKS” (COVAX) tashabbusiga qo’shilishini bildirdi. Dastur daromadi kamroq 92 ta mamlakatni 2021-yilgacha koronavirusga qarshi vaksinaning ikki milliard dozasi bilan ta’minlashni ko’zlaydi.

AQShning koronavirusga qarshi xalqaro strategiyasi hozircha mavhum
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

“Bu pandemiyani tez nazorat olishga, insonlar hayotini saqlab qolishga, sog’liqni saqlash tizimlarini himoya qilishga, tenglik kabi inson huquqlari tamoyillariga asoslangan dunyo iqtisodiyotlarini tiklashga qaratilgan strategiyadir”, - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotidan Ann Lindstrand.

AQSh “KOVAKS” tashabbusiga 21-yanvar kuni qo’shildi. Shu kuni Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotiga ham qaytdi.

“Tashkilotga qaytish orqali xalqaro miqyosda COVID-19 ga qarshi yaxshiroq tayyorgarlik ko’rish, kelajak pandemiyalarni oldindan aniqlab, ularning oldini olish imkoniyatiga ega bo’ldik”, - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.

Sobiq prezident Donald Tramp tashkilotdan 2020-yil iyulida chiqqan edi.

Bayden ma’muriyati tashkilotga qanday shaklda va hajmda yordam berishini hozircha ma’lum qilmadi. Dekabr oyida Kongress “KOVAKS” tashabbusini yuritayotgan tashkilotlardan biri “GAVI”ga 4 milliard dollar ajratgan.

“Hozircha qo’shimcha mablag’ haqida ma’lumot bera olmayman”, - dedi Oq uy matbuot kotibi Jennifer Psaki.

“KOVAKS” o’z maqsadiga erishishi uchun jami 7 milliard dollar to’plashi kerak. Hozircha 2,1 milliard dollar ko’tarilgan, xolos. Boy mamlakatlar vaksinalarning aksariyat qismiga buyurtma bergani sabab boshqa davlatlar vaksina kamomadi bilan yuzlashmoqda.

“Pfayzer-Biontek” kompaniyasi “KOVAKS” uchun o’z vaksinasining 40 million dozasini va’da qilgan edi, biroq hozircha joriy yilning birinchi choragi uchun 1,2 million doza bor, xolos.

“Vaksina ishlab chiqaruvchi har bir kompaniyani imkon qadar erta muddatda maksimal miqdorda vaksina tayyorlashga da’vat etamiz, toki hammaga teng taqsimlansin”, - deydi “GAVI” vakili Set Berkli.

“Pfayzer-Biontek”dan tashqari “AstraZeneka” kompaniyasi ham yilning birinchi yarmida “KOVAKS” uchun 336 million doza vaksina va’da qilgan.

“Mamlakatlarga emlash dasturini rejalashga imkon berish uchun “KOVAKS” o’zi uchun ajratiladigan vaksinalar taqsimotini hozirdan rejalay boshlagan. Boshlang’ich mo’ljal – aholining uch foiziga yetarli vaksina tarqatish, ammo oxir-oqibatda aholining 20 fozini emlash ko’zlangan”, - deydi “Sabin” vaksina institutidan Bryus Gellin.

“KOVAKS”ning dastlabki bashoratiga tayangan holda mamlakatlar emlash strategiyasini ishlab chiqishga kirishishi mumkin. Vaksinani saqlash, tarqatish, ikkilanib turgan odamlar shubhalariga barham berish ushbu strategiya jumlasidandir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG