Breaking News

Merilenddagi yirik o’yingoh virusni aniqlash markaziga aylangan


Merilend shtatining Lendover shahrida 82 ming tomoshabinga mo’ljallangan “FedEx Field” futbol stadioni koronavirusni aniqlash uchun test markaziga aylandi. O’yingoh atrofida avtomobillar uchun mo’ljallangan joyda hozir katta tibbiy palatkalar o’rnatilgan.

Tibbiy xizmatchilarga Merilend Milliy gvardiyasi askarlari yordam bermoqda. Shu haftadan kasallarni tekshirish boshlangan.

Biroq har kim ham bu yerga kelib, o’zini tekshirtira olmaydi. Buning uchun koronavirus yuqtirganidan shubhalanayotgan odamlar shifokordan ruxsat olishi kerak. Shunda ham jiddiy asoratlari bor odamlargagina bunday ruxsat berilishi mumkin.

COVID-19 kasalligiga chalinganlarning aksariyatida asoratlar mo’tadil bo’lib, bemorlarning ko’pi odatda sog’ayib ketadi, biroq boshqa og’ir kasalligi bor odamlarda koronavirus og’ir kechib, o’lim holatlariga olib kelishi mumkin.

Bir-biriga qo'shni Virjiniya va Merilend shtatlari hamda poytaxt Vashingtonda shu haftadan e'tiboran aholiga uyda o'tirish buyurilgan. Tartibni buzganlar jarima yoki qattiqroq jazo choralariga tortilishi mumkin. Virjiniya, Merilend va Vashingtonda kasallanganlar so'nggi bir haftada to'rt karra oshib, uch mingga qarab ketmoqda.

Shu onga qadar AQShda koronavirusga uchraganlar soni 165 ming atrofida bo'lib, shulardan 67 mingdan ko'pi Nyu-Yorkka to'g'ri keladi. Mamlakat bo'ylab virusdan o'lganlar soni 3100 dan oshdi, Nyu-Yorkda esa 1300 dan ziyod bemor o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG